Fakultet yangiliklari
TARIXIY TANGA - MUHRDIR VATANGA
Sergey Borodin uy-muzeyi direktori G. Axunova hamda muzey katta ilmiy xodimi A. Musakaevalar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
17.12.2018
VAQTING KETDI — NAQDING VA BAXTING KETDI
20 dekabr kuni 3-TTJda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Mamataliyev A.B. va o‘qituvchisi Mardiyev Sh.H. tomonidan tashkil qilingan davra suhbati mavzusi “Vaqt qadri yoxud hamma narsaga ulgurish san’ati” deb nomlandi. Tadbirda talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi A.Xayitova va “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-4 kurs talabalari ishtirok etishdi. Suhbat mavzusi bo‘yicha taqdimot ass. Sh. Mardiyev tomonidan talabalar e’tiboriga havola qilindi. Taqdimotda vaqtning qadrini tushunish uchun vaqtdan foydalanish, uning taqsimlanishi bo‘yicha qiziqarli statistik ma’lumotlar keltirildi, vaqtdan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
22.12.2018
Bir haftalik malaka oshirish kursida
17- dekabrdan 23-dekabrgacha Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi “Tuman Irrigatsiya boʻlimi boshliqlari” boshliqlari uchun 7 kunlik malaka oshirish kursi tashkil etilgan kursda ishtirok etayotgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati tuman irrigatsiya boʻlim boshliqlari institutimizning “Gidromelioratsiya” fakultetida taʼlim olayotgan Qashqadaryo va Surxondaryolik talaba yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
22.12.2018
Ishonch mustahkamligi oila bardamligi
22-dekabr kuni institutning maʼnaviyat xonasida (“Gidromelioratsiya” fakultetining talaba qizlari) “Oiladagi ajrimlarning oldini olish” mavzusida umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Ushbu yigʻilishda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani FHDYO boʻlimining katta inspektori G. Yuldasheva qatnashib, talaba qizlarga oiladagi ajrimlarning oldini olish boʻyicha maʼruza qildi.
24.12.2018
Koʻrik-tanlov zavqida
21-dekabr kuni TIQXMMI GM fakultetining faol qizlari oʻrtasida "Balli qizlar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tanlov fakultet xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti raisasi D.Madazizova va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha yordamchisi Sh. Iskandarova tomonidan tashkillashtirildi.
24.12.2018
Dunyoviylik dahriylikmi?
“Gidromelioratsiya” fakultetining “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Oqqoʻrgʻon” MFY ning faollari bilan joriy yilning 24 dekabr kuni “Dunyoviylik - dahriylik emas” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.
26.12.2018
Yer va suv - ilm ham amal talabgori
25 dekabr kuni TIKXMMI dotsenti B. Matyaqubov va dos.v.b. K.Kamilovlar, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Shveysariya rivojlantirish va hamkorlik agentligi tomonidan tashkil qilingan “Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” doirasida Sirdaryo viloyatida 2019 yil hosili uchun sugʻoriladigan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash, shoʻrini yuvish va yerlarni meliorativ barqarorligini taʼminlash tadbirlarining bajarilishi boʻyicha Respublika koʻrgazmali seminarida maʼruza bilan qatnashishdi.
26.12.2018
Hisobot taqdimoti
4 yanvar kuni institutning 4-maʼruzalar zalida “Gidromelioratsiya” fakultetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini oʻquv va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish yuzasidan 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha HISOBOTining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
07.01.2019
Ibratli umr
Koʻp yillardan buyon institutimizning “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan Arifjanov Aybek Muxamedjanovich 4 yanvar kuni oʻzlarining muborak 60 yoshini qarshiladilar.
05.01.2019
Tayanch doktarantura izlanuvchilarining hisoboti
“Gidromelioratsiya” fakultetining “Gidravlika va gidroinformatika”, “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish”, “Ekologiya va suv resurlarini boshqarish” kafedralarida tahsil olayotgan tayanch doktarantlarning tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga asosan 2018 yilda amalga oshirgan tadqiqot natijalari yuzasidan hisobotlari tinglandi.
12.01.2019
Muzey – moziy va mangulik muhri
12 yanvar kuni institutimiz “Gidromelioratsiya” fakulteti Suv xoʻjaligi va melioratsiya taʼlim yoʻnalishi 104-guruh talabalari guruh murabiyi, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi dotsenti Buriyev Salimjon boshchiligida Qurolli kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
14.01.2019
“Intellektual-2018” tanlovi
“Intellektual-2018” tanlovi 2018 yilning 15 dekabrida oʻtkazildi. Tanlovda kuyidagi nominatsiyalar boʻyicha talabalar qatnashishdi va gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi...
21.01.2019
Mohir qo’llar
“Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi hamda fakultet Xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti tomonidan “QO`L MEHNATINI QADRLAYMIZ” nomli savdo-yarmarkasi o`tkazdi.
02.02.2019
“Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq”
31 yanvar kuni institut professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida “Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida oʻtkazilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
02.02.2019
Begʻubor bahorning birinchi kunida
1 - mart Oʻzbek xalqining sevimli adibasi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan institutimiz talaba qizlari va fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdilar. U yerda Shoira Zulfiyaxonimni eslab, Zulfiyaxonim haykali poyiga gullar qoʻyishdilar.
02.03.2019
Bahorning besh kuni
“Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan bahor faslini ko`tarinki ruhda kutib olish maqsadida “BAHORNING BESH KUNI” festivali tashkil etildi.
04.03.2019
BAHORNING 5 KUNI DOIRASIDAGI yana bir tadbir…
Institutimizning “Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan o`tkazilib kelinayotgan “Bahorning 5 kuni” festivalining so`nggi beshinchi kunida guruhlar o`rtasidagi milliy taomlar bellashuvi tanlovi o`tkazildi.
11.03.2019
“Oʻzekspomarkaz”ga tashrif
SXM – 308 guruh talabalari 15-mart kuni guruh murabbiyi “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Q.T. Raximov bilan birgalikda “Oʻzekspomarkaz” da tashkil etilgan “14-Xalqaro Qishloq xoʻjaligi” koʻrgazmasiga tashrif buyurishdi.
19.03.2019
“Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi”
Suv xoʻjaligi vazirligining bir guruh mutaxassislari, jumladan, “Yerlar melioratsiyasi” boshqarmasi boshligʻi N.Allaberganov va soha mutaxassislari ishtirokida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xoʻjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalariga “Respublikada sugʻoriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari” mavzusida ilmiy seminar oʻtkazdi.
19.03.2019