Hamkorlar
Kafedrada Qozog‘iston Respublikasi Taraz Davlat Agrar Universiteti, Rossiya Federatsiyasining suv va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bir qator ilmiy tekshirish institutlari, Germaniya davlatidagi Shtutgart shaxri Xoxenxaym Universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-texnik ishlar olib borilmokda, o‘quv qo‘llanmalari, metodik ko‘rsatmalar, ilmiy va ilmiy-texnik maqolalar tayyorlanmokda. Joriy yilda Rossiya davlatidagi “Priborы», «Nauka i mir», «Selskoxozyaystvennыe mashinы i texnologii» jurnallarida kafedra professor o‘qituvchilarining maqolalari hamda Germaniya davlati Lambert akademiyasida 1 ta monografiya chop etildi. Kafedra hozirgi kunda TIQXMMI qoshidagi ISMITI, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti, “Suvloyixa” ITI xamda Respublikadagi irrigatsiya tizimi xavza birlashmalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.