Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish

“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi mudiri,

texnika fanlari doktori, dotsent

Sherov Anvar Gulamovich

Tel.: +99871-237-23-57

Email:  a.sherov@tiiame.uz

 


Kafedra 1927 yilda tashkil topgan. Kafedrani ilk nomi 1927 yilda “Gidromelioratsiya tizimlarining ekspluatatsiyasi” deb atalgan. Kafedraning birinchi mudiri bo‘lib, yirik meliorator olim, VASXNIL muxbir a’zosi, professor N.A.Yanishevskiy ishladi (1927-1960). 1941 yili kafedrani ko‘pchilik o‘qituvchilari va o‘quv-yordamchi xodimlari, shu jumladan kafedra mudiri N.A.Yanishevskiy ham harbiy xizmatga jalb qilindi. Professor N.A.Yanishevskiy 1927 yilda sug‘orma dehqonchilikda suvdan foydalanish ilmiy aoslarini yaratgan va sobik ittifok davlatlarida joriy etgan. Urushdan keyingi yillarda kafedra mudiri lavozimida sobiq Ittifoqining Davlat mukofoti sovrindori, dotsent A.N.Lyapin (1961-1970) ishladi. 1970-1983 yillarda kafedrani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, xizmat ko‘rsatgan irrigator, texnika fanlari doktori, professor X.A.Axmedov, 1983-1987 yillarda kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari nomzodi dotsent P.B.Arakelov, 1987-1989 yillarda kafedraga Rossiyaning Novocherkassk Injener-meliorativ instituti professori, texnika fanlari doktori O.P.Kisarov, 1989 – 1997 yillarda kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari doktori, professor B.S.Serikbaev boshqardilar. 1997 yilda kafedra o‘quv yuklamasi keskin pasayishi munosabati bilan u vaqtincha “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi” kafedrasi bilan qo‘shildi. Umumlashtirilgan “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi va gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish” kafedrasini texnika fanlari doktori. professor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator F.M. Raximbaev boshqardi. 1998 yildan kafedraga dos. X.I.Shukurlaev va keyinchalik (1998-2001 y.y.) texnika fanlari doktori, professor F.A.Baraev rabarlik qildi. 2001 yili dekabr oyidan boshlab “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi etib elon qilinib va texnika fanlari doktori, professor F.A.Baraev kafedra mudiri buldi. (2016-2018 y.y.) kafedrasi mudiri lavozimida texnika fanlari nomzodi D.G’Axmedjonov etib saylandi. 2018 yildan boshlab “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi mudiri lavozimiga texnika fanlari doktori Sherov Anvar Gulamovich saylandi va kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.


Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar