Tarixi
“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi mudiri,
texnika fanlari doktori, professor
Sherov Anvar Gulamovich
Tel.: +99871-237-23-57
Email: a.sherov@tiiame.uz
Kafedra 1927 yilda tashkil topgan. Kafedrani ilk nomi 1927 yilda “Gidromeliorativ tizimlarining ekspluatatsiyasi” deb atalgan. Kafedraning birinchi mudiri bo‘lib, yirik meliorator olim, VASXNIL muxbir a’zosi, professor N.A.Yanishevskiy ishlagan (1927-1960 yillar). 1941 yili kafedraning ko‘pchilik o‘qituvchilari va o‘quv-yordamchi xodimlari, shu jumladan kafedra mudiri N.A.Yanishevskiy ham harbiy xizmatga jalb qilingan. Professor N.A.Yanishevskiy sug‘orma dehqonchilikda suvdan foydalanish ilmiy asoslarini yaratgan va sobik ittifok davlatlarida joriy etgan. Urushdan keyingi yillarda kafedra mudiri lavozimida sobiq Ittifoqining Davlat mukofoti sovrindori, dotsent A.N.Lyapin (1961-1970 yillar) ishladi. 1970-1983 yillarda kafedrani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, xizmat ko‘rsatgan irrigator, texnika fanlari doktori, professor X.A.Axmedov, 1983-1987 yillarda texnika fanlari nomzodi dotsent P.B.Arakelov, 1987-1989 yillarda Rossiyaning Novocherkask injener-meliorativ instituti professori, texnika fanlari doktori O.P.Kisarov, 1989 – 1997 yillarda texnika fanlari doktori, professor B.S.Serikbaev boshqardilar. 1997 yilda kafedra o‘quv yuklamasi keskin pasayishi munosabati bilan u vaqtincha “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi” kafedrasi bilan qo‘shildi. Umumlashtirilgan “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi va gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish” kafedrasini texnika fanlari doktori, professor, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator F.M. Raximbaev boshqardi. 2001 yili dekabr oyidan boshlab “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi etib e`lon qilindi va texnika fanlari doktori, professor F.A.Baraev kafedra mudiri bo’lib davom etdi. 2016-2018 yillarda kafedra mudiri lavozimiga texnika fanlari nomzodi D.G’. Axmedjonov saylandi. 2018 yildan boshlab “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi mudiri lavozimiga texnika fanlari doktori Sherov Anvar Gulamovich saylandi va kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar