Hamkorlar
02.02.2021 841
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari Respublikamizdagi bir qancha oliy ta’lim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Jumladan, tayanch oliy ta’lim muassasalari: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutlari professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Hamkorlik asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilmoqda. Bundan tashqari institutga biriktirilgan 30 ga yaqin qishloq va suv xo‘jaligi soha yo‘nalishlariga ixtisolashtirilgan kasb-hunar kollejlari hamda 2 ta institut qoshidagi akademik litseylar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Kafedrada innovatsion hamkorlik sohasida Toshkent shahar va Toshkent viloyati o‘rta maxsus ta’limi boshqarmasidagi Qibray qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji, YAngiyo‘l qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji, Qibray energetika kasb-hunar kolleji, Geodeziya kartografiya kasb-hunar kolleji, Gidrometereologiya kasb-hunar kolleji, Bo‘ka agrosanoat kasb-hunar kollejlarii bilan shartnomalar imzolangan bo‘lib, shartnoma bandidagi vazifalar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
2018-2019 o‘quv yili davomida Qozog‘istonning “Sыrdariya” universitetining “Pedagogika, psixologiya” kafedrasi bilan, Federalnoe gosudarstvennoe avtonomnoe obrazovatelnoe uchrejdeniya «Rossiyskiy gosudarstvennыy professionalno-pedagogicheskiy universiteti» bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. SHartnoma asosida hozirda “Praktika izucheniya dissiplinы «Metodika professionalnogo obucheniya» v vuzax respubliki Uzbekistan” nomli maqolasini hamkorlikda “Sustainabli Agriculture” jurnalining iyul oyida chop etishga topshirildi.
Rossiya Federatsiyasining yil davomida “Srednee professionalnoe obrazovanie”, “Vыsshaya shkola”, «SHkola buduщego», «Jurnal nauchnыx i prikladnыx issledovaniy» xalqaro ilmiy jurnallarida kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchi va iqtidorli talabalarning maqolalari chop etib kelinmoqda. Professor –o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda, bundan tashqari CHelyabinsk, CHita, Samara, Moskva shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalar chop etildi. Hozirda Germaniya davlati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, chet el adabiyotlarini o‘rganib tahlil qilish, Professional ta’lim bakalavriat yo‘nalishi o‘quv rejasidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga xorijiy davlatlar adabiyotlaridan mavzularni kiritish, fan dasturlarini takomillashtirish masalalariga kafedrada alohida e’tibor qaratilgan.