O'qitiladigan fanlar
№ |
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma'lumot |
1 |
Resurstejamkorlik asoslari(Magistratura) |
Mashina resursidan samarali foydalanish, uning ish qobiliyatining pasayishi sabablari va qonuniyatlari; mashinalar texnik servisi, agregat va mashinalarni ta’mirlash va ta’mirtalab detallarni tiklash jarayonlarida resurstejamkorlikka erishish; ta’mirlangan buyumlar va tiklangan detallarning sifatini baholash usullari va vositalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat |
2 |
Gidromexanizatsiya vositalari(Magistratura) |
Suv xo‘jaligida qo‘llanilayotgan gidromonitorlar, loyqaso‘rgich nasoslari va loyqaso‘rgich snaryadlarining ish jihozlarini loyihalash, loyqaso‘rgich snaryadlarining rivojlanish tendensiyalari va ustivor yo‘nalishlarini tanlash,texnologik, konstruktiv, ekspluatatsion, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik talablarni inobatga olgan holda texnik hisob va loyihalash usullarini o‘zlashtirish,maqbul texnik yechimlarni izlab topish, uni qo‘llash va modernizatsiyalash hamda uni konstruktorlik amaliyotida qo‘llash va ularni hisoblashda tizimli yondoshish usularini, loyihalashda matematik modellashtirish elementlari bo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir |
3 |
Eksperimentni rejalashtirish(Magistratura) |
Tanlagan mutaxassisligi sohasiga mos yangi ilmiy natijalar, o‘tkazilayotgan ilmiy- tadqiqot loyihalari mavzusi bo‘yicha modellar, algoritmlar, metodlar, dasturiy yechimlar, instrumental vositalarni tadqiqot qilish va ishlab chiqish; namunaviy metodikalar va boshqalar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berish ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilish, tajribalar funksional bog‘lanishlarini topish, olingan tajriba natijalarini emperik formulalar orqali ifoda qilish usullarini, eksperimental tadqiqotlar, ularni o‘tkazish uslublari, rejalashtirish, tayyorlash, tenzometrik qurilmalar, sonli qayta o‘zgartkichlar, tenzodatchiklar, ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalanish, o‘lchov aniqliklari, tajribada olingan natijalarga ishlov berish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir |
4 |
Mashinalarni loyihalash asoslari(Magistratura) |
Magistrantlarga qurilish va melioratsiya mashinalarning ish jihozlarini loyihalashning nazariy asoslari qurilish va melioratsiya mashinalarini rivojlanish tendensiyalari va ustivor yo‘nalishlarini tanlash,texnologik, konstruktiv, ekspluatatsion, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik talablarni inobatga olgan holda texnik hisob va loyihalash usullarini o‘zlashtirish,maqbul texnik yechimlarni izlab topish, uni qo‘llash va modernizatsiyalash hamda uni konstruktorlik amaliyotida qo‘llash,qurilish va melioratsiya mashinalarini tahlil etish va ularni hisoblashda tizimli yondoshish usularini,loyihalashda matematik modellashtirish elementlari bo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir |
5 |
Mutaxassislikka kirish |
Tаlаbаning mutахаssislik to’g’risidа to’liq mа’lumоtgа egа bo’lishi, o’quv jаrаyonining аsоsiy shаkllаri, mаtеriаllаrni o’zlаshtirish vа bаhоlаshning yangi mеzоnlаri, tаlаbаlаrning huquq vа mаjburiyatlаri, jаmоаtchilik ishlаri, ilmiy tаdqiqоt ishlаri, ishlаb chiqаrish jаrаyoni vа ulаrni turlаri vа аmаliyotlаr o’tish, yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani tаdbiq qilish vа rеjаlаshtirishni, mеhnаtni ilmiy tаshkil qilishni,cоhаgа оid kоrхоnаlаr vа tаshkilоtlаrning ishlаb chiqаrish jаrаyoni vа ulаrni tаshkillаshtirish, yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani tаdbiq qilish vа rеjаlаshtirish, mеhnаtni ilmiy tаshkil qilish, kоrхоnа yordаmchi хizmаti vа tехnik nаzоrаt ishlаrini qilish, tехnikа хаvfcizligi qоidаlаri bo’yichа yеtаrlichа ko’nikmаlаrini rivоjlаntirishdаn ibоrаtdir |
6 |
Melioratsiya va suv xo‘jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi |
Mashinalarni samarali ishlatish, ularni ishchi jihozlarini rostlay olish, ishga tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va yeyilgan detallarini qayta tiklash usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish,melioratsiya va qurilish mashinalari, traktorlar va texnologik qurilmalarni sinash, tashxis qo‘yish, nosozliklarini bartaraf etish usullarini, mashinalarni ishlamay qolishi, nosozliklar va nuqsonlarni paydo bo‘lish sabablari, ularni aniqlash va bartaraf etish usullarini, mashinalarning ishonchlilik ko‘rsatkichlari: buzilmasdan ishlashi, puxtalik (mustahkamlik), ta’mirbopligi va saqlanuvchanligini, mashinalarni ta’mirlash texnologik jarayonlarini va ularni tarkibiy qismlarini modernizatsiyalashni,mashina detallarini tiklashning zamonaviy usullarini qo‘llash; detal nuqsonlarini aniqlash usullari, qo‘llaniladigan jihoz, asbob-uskunalarni va ta’mirlashning maqbul usulini tanlashni bilishga qaratilgan |
7 |
Melioratsiya va qurilish mashinalari |
Suv xo‘jaligi ishlab chiqarishining bo‘lajak mutaxassislariga berilgan tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlariga asosan qurilish texnikalaridan samarali foydalanish va ularga qo‘yilgan talablarni va ishlash texnologiyalarini o‘rganish, ya’ni texnologiyalar yaratish, qurilish texnikalaridan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish va ishlab chiqish asoslari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlarbo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir. |
8 |
Melioratsiya texnikalari |
Melioratsiya texnikalarining tuzilishi, ishlash asoslari, qo‘llanilish sohalarini o‘rganish, ishchi jihozlarining tuzilishlari, konstruksiyalari, hususiyatlari va texnikalarning ishlov berayotgan muxit bilan o‘zaro munosabatida mashina bajargan ishlar sifatini baxolay olish, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan birga ularga servis xizmati ko‘rsatish qoidalarini puxta egallash, texnika va ishchi jihozlarining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlay bilish, tegishli ko‘rsatkichlar asosida mashina tanlay bilish, mashinalarni ishlatish, mashinalarni hisoblash usullari, takomillashtirish ishlarini bajarish uslubiyatini bilish hamda ular to‘g‘risida yetarli bilim va malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan. |
9 |
Qurilish texnikalari |
Qurilish texnikalarining tuzilishi, ishlash asoslari, qo‘llanilish sohalarini o‘rganish, ishchi jihozlarining tuzilishlari, konstruksiyalari, hususiyatlari va mashinalarning ishlov berayotgan muhit bilan o‘zaro munosabatida mashina bajargan ishlar sifatini baxolay olish, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan birga, texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarini puxta egallash, mashina va ishchi jihozlarining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlay bilish, tegishli ko‘rsatkichlar asosida mashina tanlay bilish, mashinalarni ishlatish va boshqarish qo‘lidan kelish, mashinalarni hisoblash usullari, takomillashtirish ishlarini bajarish uslubiyatini bilish hamda ular to‘g‘risida yetarli bilim va malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajarishga. qaratilgan. |