Tarixi

Fizika va kimyo kafedrasi mudiri

PhD Sapayev Ibroxim Bayramdurdiyevich

Теl.:  +99871-237-09-71

E-mail:  i.sapaev@tiiame.uz

 

 

 


Fizika kafedrasi 1934 yildan o'z faoliyatini boshlagan. «Fizika» kafedrasiga tajribali ukituvchilardan biri P.P. Gorbachev mudirlik qilgan. 1949-1971 o'quv yillarida esa fizika kafedrasiga f.–m.f.n. N.Z.Zokirov mudirlik qilgan. 1971-1983 o'quv yillarida kafedraga f.–m.f.n. V.S.Masagutov , 1983-1997 yillarda kafedraga dotsent G.I.Muxamedov mudirlik qildi. Shu davr ichida kafedra xodimlaridan 14 kishi nomzodlik va bir kishi doktorlik dissertatsiyasini yoqladilar. 1961 yilda fan nomzodlari beshta bo'lsa 1994 yilda esa ularning soni 16 ga etdi. 1938 yilda Tuproqshunoslik va Kimyo kafedrasi tashkil qilingan. Unga N.V. Bagdanovich va L.P. Rozovlar 1947 yilgacha raxbarlik qilishgan. 1947-1956 yillarda kafedraga Kimyo fanlari doktori Yu.T. Toshpo'latov, 1956-1969 yillarda dotsent S.I. Ibroximov, 1969-1983 yillarda professor N.X. Maqsudov, 1983-1988 yillarda professor Sh.N. Najmiddinov, 1988-1991 yillarda professor S.I. Iskandarov, 1991-1994 yillarda dotsent Kosolapova raxbarlik qilganlar. 1994 yil 1 sentyabrdan boshlab esa «Fizika» va «Kimyo» kafedralari qo'shilib unga «Umumiy fizika va kimyo» kafedrasi deb nom berildi. Kafedra a'zolari barcha mavjud imkoniyatlarni talabalarning fizika va kimyo fanlaridan bilim saviyasi va sifatini, xamda qobiliyatini o'stiruvchi o'quv jarayonini takomillashtirishga yo'naltirdilar. 1997 yil may oyidan boshlab «Umumiy fizika va kimyo» kafedrasiga dots. Z.Sh.Karimov mudirlik qilib keldi. 2004 yil sentyabridan boshlab «Fizika» va «Kime» kafedralari qo'shilib «Fizika va kimyo» kafedrasi tashkil qilindi. 2004-yil sentyabr oyidan to 2013-yil oktyabr oyigacha «Fizika va kimyo» kafedrasiga prof. Z. Karimov raxbarlik kildi. Bu yillar davomida judayam katta uslubiy va ilmiy-tekshirish ishlari olib borildi. 2017 yilda «Fizika va kimyo» kafedrasiga dotsent Sh.Norov raxbarlik qildilar. 2017-2018 o’quv yilining ikkinchi yarmida kafedra mudiriligi vazifasini, kafedra dotsenti S.N.Xodjibekov bajardi. 2018-2019 o’quv yilining boshidan kafedra mudiriligi vazifasi t.f.n. Yo.Q.Toshmurodovga topshirildi. 2019-2020 o'quv yilining boshidan kafedra mudirligi vazifasi PhD I.B.Sapayevga topshirildi.

Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar