Ekologiya va suv resurslarini boshqarish
Xamidov Avaz Odilovich
Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi assistenti
Tel.: +99871-237-19-26
Email: a.xomidov@tiiame.uz
“Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi tarixi 1953 yilda tashkil etilgan "Qishloq va yaylovlar suv taʼminoti" bilan bogʼliq. Kafedraning birinchi mudiri davlat mukofoti lauriyati dotsent А.N. Lyapin edi. Kafedraga 1956-1958 va 1960-1970 yillar davomida dotsent P.P Аmanatskiy, 1976-1980 yillar davomida dotsent G. G. Podgornov, 1980-1983 yillar davomida dotsent V.А. Demin va 1983-1988 yillar davomida dotsent I. M. Maxmudova mudirlik qilganlar. Turli yillar davomida kafedrada dotsentlar А. А. Isaev, S. S. Xojaev, katta oʼqituvchilar R. M.Muhiddinova, D.Yu. Djumaev, assitentlar S.K. Malыsheva va S. B. Mechetner mehnat qilganlar. "Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish" kafedrasi 1979 yilning sentyabrida "Gidrogeologiya" kafedrasidan ajralib chiqdi va uning birinchi mudiri geologiya -mineralogiya fanlari doktori, professor Mirzaev S. Sh boʼldi. Kafedrada dotsentlar S.А. Murakaeva, R. N. Muxitdinova, katta oʼqituvchilar S. А. Аnorboev va T. А. Аzimovlar mehnat qilishdi. Gidromelioratsiya fakulʼteti tarkibida 1989 yili "Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish" hamda "Qishloq xoʼjalik suv taʼminoti" kafedralarini birlashtirilishi asosida Oʼzbekiston Respublikasi xizmat koʼrsatgan fan arbobi, professor Sayidraxmon Shoabdievich Mirzaev raxbarligida "Suv resurslaridan mukammal foydalanish va qishloq xoʼjaligi suv taʼminoti" nomi bilan tashkil qilingan. Respublikamiz xalq xoʼjaligining barcha tarmoqlarida shu jumladan oliy taʼlim tizimida izchil islohotlar olib borilayotgan sharoitda, Oʼzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʼgʼrisida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" vazifalaridan kelib chiqib, institutda suv va qishloq xoʼjaligi uchun ekolog mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilinishi munosabati bilan 2000 yili 1- sentyabrdan kafedraning nomi "Ekologiya va suv resurslari" deb oʼzgartirildi. Turli yillarda kafedrada professor K.G. Gʼaniev, dotsentlar А.Аzimov, А.X.Karimov, O.Y. Jalilova, assistentlar А.А. Baraev, Z. Joʼraev, J. Murotov, I.Аbdullaev va boshqalar mehnat qilganlar. Oʼzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 sentyabrdagi 415- sonli «Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti» ni tashkil etish toʼgʼrisidagi qarori, kun tartibiga qoʼyilgan yangi vazifalar va xalqaro integratsiya talablaridan kelib chiqqan holda kafedraning nomi “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” deb oʼzgartirildi. Ushbu kafedrada uzoq yillar kafedra asoschisi Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi professor, g.m.f.d. Mirzaev Sayidraxmon Shoabdievich raxbarlik qilgan, ulardan keyin shogirdlari professor, t.f.d Saloxiddinov Аbdulxakim Temirxoʼjaevich, va 2019 yildan boshlab texnika fanlari nomzodi, dotsent Karimov А.X. rahbarlik qilmoqda. Kafedra Gidromelioratsiya fakulьtetida eng ilmiy salohiyati yuqori boʼlgan kafedra boʼlib hisoblanadi. Chunonchi, kafedrada 5 nafar professor, shulardan prof. Egamberdiev N.B. Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan ixtirochi va ratsionalizator, prof. b.f.d. Karimov B.K., prof. b.f.d. Ismoilxodjaev B.Sh., prof. Radkevich M.V. faoliyat koʼrsatmoqda. Shu bilan birgalikda bir nafar xorijiy mutaxasis/ pedogag PhD Sania Ilyas (Pokiston), 8 nafar dotsent, 2 nafar katta oʼqituvchi, 5 nafar assistent va 3 nafar stajyor oʼqituvchi mehnat qilmoqda. Shuningdek kafedrada oʼrindoshlik asosida sohaning yetuk olimlaridan 1 nafar professor 5 nafar dotsent faoliyat koʼrsatmoqda. Yuqori malakali mutaxassisliklarni tayyorlashda Prof., g.m.f.d. Аbdullaev B.D., xalqaro tajribaga yega PhD D.R. Ziganshina, t.f.n. I.M. Maxmudova, PhD X. Boboev, t.f.n. S. Mamatov, t.f.n. X. Nazarov, dotsentlar M.N.Аbdukodirova va R.K.Boirov, katta oʼqituvchilar S.А. Mamatov va А.А. Аlimdjanov, assistentlar А. Xamidov, R. Razzakov, M. Raximova, J.Mirzaqobulov, K.Shipilova, va stajyor oʼqituvchilar Nasibov B.,Shoergasheva Sh. va Z. Sharipjonova katta xissa qoʼshib kelmoqdalar. Bugungi kunda bakalavriaturaning 5450700- Suv taminoti muxandislik tizimlari, 5630101- Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xoʼjaligida) taʼlim yoʼnalishlari hamda magistraturaning 5А450207-Suv resurslarini mukammal foydalanish va boshqarish, 5А630200-Suv xujaligida ekologiya xavfsizligi mutaxassisligi boʼyicha magistrantlar tahsil olmoqda. Kafedra yuqori ilmiy salohiyatga ega boʼlib, mavjud professor-oʼqituvchilaridan 15 nafari xorijiy mamlakatlarda oʼzlarini oʼqituvchilik va ilmiy mahoratlarni oshirib kelganlar. Kafedrada doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik yoʼnalishlari boʼyicha shu kungacha 10 nafar fan doktori va 22 nafar fan nomzodlari tayyorlagan.
Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar