Xayot faoliyati xavfsizligi

Xojiyev Aliakbar Abdumannopovich

Kafedra mudiri, PhD, dotsent

Tel.:  +99871-237-19-86

Email: a.xojiyev@tiiame.uz

 

 


      “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi 1991 yil “Mehnat muhofazasi” va “Fuqaro mudofaasi” kafedralarining negizida tashkil etilgan. Kafedrada turli yillari t.f.n. R.D. Bobojonov (1993-1994 y.), dotsent X.B. Avazmatov (1994-1995 y.), t.f.n. R.D. Bobojonov (1996-2005 y.), t.f.n., dotsent S. Gazinazarova (2005-2020 y.), t.f.n., dotsent I.Axmedov (2008-2015 y.), T.Haydarov (2015-2020 y.) kabi olimlar rahbarlik qilishdi. 2020  yil avgust oyidan hozirgi vaqtgacha kafedraga dotsent, PhD A.Xojiyev rahbarlik qilmoqda.

     O‘tgan davr mobaynida kafedrada qator yetuk olimlar: t.f.d., prof. M.Yunusov, t.f.n. dotsent A.Mamajonov, dotsent N.S.Saidxo‘jayeva, t.f.n., dotsent, E.Turapov, t.f.n., dotsent Yu.Qodirov, t.f.n., dotsent M.Gulyamova, katta o‘qituvchi E.I.Ibragimov, S.A.Asilova, assistentlar Z.Qosimova, G.Rustamova, M.Ma’rupov, O.Muslimov, F.Po‘latova, M.Boymatov, Sh.Tillayev, laboratoriya mudiri H.Xodjiboboyev, N. Pulatova, laborantlar M.Iminov, U.Islamovalar faoliyat koʻrsatdilar.

     Kafedrada 2001 yildan 2018 yilgacha “Hayot faoliyati xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxasislar tayyorlangan bo‘lsa, 2018 yildan e’tiboran “Mehnat muhofzasi va texnika xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxasislar tayyorlanib kelinmoqda. Shuningdek, kafedrada 2020 yildan boshlab, “Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tayorlanmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish va yosh ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2023 yil kafedra negizida 05.10.01-“Mehnatni muhofza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha doktranatura tashkil etildi.

    Hozirgi kunda kafedrada t.f.n, dotsent T.A.Haydarov, t.f.n., dotsent B.B.Utepov, dotsent PhD Z.K.Mirxasilova, dotsent, PhD N.Q.Rajabov, dotsent N.J.Saidxonova, katta o‘qituvchi PhD G.R.Murtazayeva, assistentlar, F.I.Kushnazarov, A.J.Kurbanov, S.T.Oblaqulov, N.Norqo‘ziyeva, katta laborant S.M.Sultanova, laborant M.A.Abdaliyeva faoliyat olib bormoqda.

       Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan universitetdagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani, “Mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi” bakalavriat yo‘nalishida esa 13 nomdagi, “Mehnatni muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi” magistratura mutaxassisligiga 8 ta nomdagi fanlar o‘qitiladi. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar o‘q‘uv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlangan.

     Kafedarada “Mehnat muhofazasi”, ”Yong‘in xavfsizligi” “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi” fanlaridan laboratoriya ishlari bajariladi. Laboratoriya ishlari barchasi zamonaviy laboratoriya asboblarida, maxsus ajratilgan laboratoriya xonalarida olib borilmoqda.


Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar