Tarixi

Xomidov Avazbеk Odilovich

PhD, Kafedra mudiri

Tel. (+998-71) 237-19-26

E-mail: a.xomidov@tiiame.uz

 

 

 


“Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi tarixi 1953 yildan boshlangan va "Qishloq va yaylovlar suv taʼminoti" kafedrasining tashkil etilishi bilan bogʼliq. Kafedraning birinchi mudiri davlat mukofoti lauriyati dotsent А.N. Lyapin bo’lgan. Kafedraga 1956-1958 va 1960-1970 yillar davomida dotsent P.P Аmanatskiy, 1976-1980 yillar davomida dotsent G. G. Podgornov, 1980-1983 yillar davomida dotsent V.А. Demin va 1983-1988 yillar davomida dotsent I. M. Maxmudova mudirlik qilganlar. Turli yillar davomida kafedrada dotsentlar А. А. Isaev, S. S. Xojaev, katta oʼqituvchilar R. M.Muhiddinova, D.Yu. Djumaev, assitentlar S.K. Malisheva va S. B. Mechetner mehnat qilganlar. "Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish" kafedrasi 1979 yilning sentyabrida "Gidrogeologiya" kafedrasidan ajralib chiqdi va uning birinchi mudiri geologiya-mineralogiya fanlari doktori, respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor Mirzaev S. Sh. boʼldi. Kafedrada dotsentlar S.А. Murakaeva, R. N. Muxitdinova, X.I.Valiev, katta oʼqituvchilar S. А. Аnorboev va T. А. Аzimovlar mehnat qilishgan. 1989 yili Gidromelioratsiya fakulteti tarkibida "Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish" hamda "Qishloq xoʼjalik suv taʼminoti" kafedralarini birlashtirilishi asosida Oʼzbekiston Respublikasi xizmat koʼrsatgan fan arbobi, professor Sayidraxmon Shoabdievich Mirzaev rahbarligida "Suv resurslaridan mukammal foydalanish va qishloq xoʼjaligi suv taʼminoti" nomi bilan tashkil qilingan. Respublikamiz xalq xoʼjaligining barcha tarmoqlarida, shu jumladan, oliy taʼlim tizimida izchil islohotlar olib borilayotgan sharoitda, Oʼzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʼgʼrisida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" vazifalaridan kelib chiqib, institutda suv va qishloq xoʼjaligi uchun ekolog mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilinishi munosabati bilan 2000 yili 1- sentyabrdan kafedraning nomi "Ekologiya va suv resurslari" deb oʼzgartirildi. Turli yillarda kafedrada professor K.G. Gʼaniev, R.K. Ikromov, E.I. Chembarisov, dotsentlar А.Аzimov, X.I. Valiyev, А.X.Karimov, O.Y. Jalilova, I.M. Maxmudova, S.X. Nig’matiy, B.R.Roziqova, M.I. Xolmirzaeva, R.Q.Boirov, assistentlar А.А. Baraev, N.V. Myagkova, Z. Joʼraev, J. Murotov, I. Аbdullaev, M. Raximova, D. Mavlyanova va boshqalar mehnat qilganlar. Kafedraga 1989-1999 yillar davomida kafedra asoschisi Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi professor, g.m.f.d., professor Mirzayev Sayidrahmon Shoabdievich rahbarlik qilgan. Ulardan keyin kafedraga 1999-2004 va 2011-2019 yillarda  professor, t.f.d Saloxiddinov Аbdulxakim Temirxoʼjaevich rahbarlik qilgan. Oʼzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 sentyabrdagi 415-sonli «Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti» ni tashkil etish toʼgʼrisidagi qarori, kun tartibiga qoʼyilgan yangi vazifalar va xalqaro integratsiya talablaridan kelib chiqqan holda kafedraning nomi “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” deb oʼzgartirildi.  2019 yildan 2021 yilgacha kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Karimov А.X. rahbarlik qilgan. Kafedra universitetda  salohiyati eng yuqori kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedrada 6 nafar professor, ular orasida Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan ixtirochi va ratsionalizator prof. Egamberdiev N.B., prof. b.f.d. Ismoilxodjaev B.Sh., prof. b.f.d. Karimov B.K., prof. Radkevich M.V. faoliyat koʼrsatmoqda. Shu bilan birga kafedrada xorijiy professor PhD Sana Ilyas, 2 nafar fan nomzodi dotsentlar, 3 nafar falsafa doctorlari (PhD), 4 nafar katta oʼqituvchi, 5 nafar assistent faoliyat ko’rsatmoqda. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda g.m.f.d., prof. Аbdullaev B.D., xalqaro tajribaga ega PhD X. Boboev, PhD А. Xamidov, PhD K.Shipilova, dotsentlar M.N.Аbdukodirova, t.f.n. dotsent X. Nazarov, katta oʼqituvchilar S.А. Mamatov, А.А. Аlimdjanov, assistentlar, R.Razzakov va tayanch doktorantlar J.Mirzaqobulov, B.Nasibov, Sh.Shoergashova, Z. Masaliyeva va A.Musayev katta hissa qoʼshib kelmoqdalar. Bugungi kunda kafedra qaramoqida bakalavriatning 5450700-Suv taminoti muxandislik tizimlari, 5630101-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xoʼjaligida) taʼlim yoʼnalishlari hamda magistraturaning 5А450207-Suv resurslarini mukammal foydalanish va boshqarish, 5А630200-Suv xujaligida ekologiya xavfsizligi mutaxassisligi boʼyicha kadrlar tayyorlanmoqda. Kafedra yuqori ilmiy salohiyatga ega boʼlib, mavjud professor-oʼqituvchilaridan 15 nafari xorijiy mamlakatlarda oʼzlarini oʼqituvchilik va ilmiy mahoratlarni oshirib kelganlar. Kafedrada doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik yoʼnalishlari boʼyicha 10 nafar fan doktori va 26 nafar fan nomzodlari hamda falsafa doctorlari tayyorlagan.


Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar