Tarixi

Gidromelioratsiya fakulteti 1923 yilda Turkiston Davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida “Melioratsiya muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha soha kadrlarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan ilk davrlarda 49 nafar professor-o‘qituvchilar 274 talabalarga melioratsiya muhandisligi bo‘yicha bilim bera boshlagan. Keyinchalik irrigatsiya va melioratsiya sohasidagi kadrlarga bulgan ehtiyojni inobatga olib 1934 yil 16 noyabrda “Gidromelioratsiya” va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakultetlaridan tashkil topgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti tashkil etilgan. “Gidromelioratsiya” fakultetining tashkil etilishi va O‘rta Osiyo mintaqasida salohiyatli ilmiy markaz darajasida shaklllanishida A.N. Askochenskiy, V.V. Poslavskiy, N.A. Yanishevskiy, V.F. Bulaevskiy, F.P. Morgunenkov, V.D. Jurin, Ye.I Zamarin, N.V.Makridin, S.T. Altunin, T.N. Qori-Niyoziy , A.N. Gostunskiy, B.D. Korjavin, X.A. Axmedov, T.A. Kolpakovalar bilan bir qatorda bir qancha fidoyi ilmiy xodimlar va yetuk mutaxassislarning hissalari beqiyosdir. Ushbu davrda fakultetda professorlar V.D. Jurin, D.M. Kas, A.G. Ostankov, A.A.Rachinskiy, dotsentlar P.V. Samostrelov, I.I. Gribanov va B.P. Surovsevlar rahbarlik qilganlar.

Fakultet olimlari va professor-o‘qituvchilarning samarali mehnatlari natijasida mustaqillik yillarigacha tayyorlangan 20000 dan ortiq injener-gidrotexnik kadrlarning 500 dan ortig‘i Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari fuqarolariga to‘g‘ri kelgan. Fakultet bitiruvchilari nafaqat respublikamizda foydalanilayotgan yirik gidrotexnik inshootlar va irrigatsiya tizimlarini barpo etishda, balki O‘rta Osiyo va boshqa Kuba, Angola, Mali, Mozambik, Vetnam, Afg‘oniston, Jazoir, Suriya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarining irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlari qurilishida ishtirok etganlar.

1991 yildan fakultetda yangi tarixiy davr, ya’ni mustaqillik davri boshlandi. Ushbu davrda fakultetning fidoiy professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, A.A. Rachiniskiy, S. Sh. Mirzaev, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan irrigatorlar, professor F.M. Raximbaev, dotsentlar R.M. Karimov, X. A. Askarov O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimlari, professor E.F. Fayziboev, dotsent N.P. Togunova, Qoraqalpog‘iston xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, professorlar M. R. Bakiev, M.X.Hamidov, professorlar Ye.S. Pesikov, M.M. Mirsaidov, Sh.K. Murodov, A. Mirzaev, M.X.Hamidov, B.B. Xasanov, A.M.Arifjanov, D.R. Bozorov, A.T.Salohiddinov, dotsentlar K.Sh.Sharopov, G‘.U. Yusupov, Sh.K Pulatov, S. Karimov, T.Sh.Majidov, A.O. Qurbonov, F.M Valijanovlar tarixiy an’analarni davom ettirdilar.

Bugungi kunda fakultet tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan “Gidravlika va gidroinformatika» «Irrgatsiya va melioratsiya», «Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish», «Ekologiya va suv resurslarini boshqarish», «Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi», «Gidrologiya va gidrogeologiya” «Tuproqshunoslik va dehqonchilik», «Fizika va kimyo», «Jismoniy madaniyat va sport» kafedralari va «Ekogis» markazi professor-o‘qituvchilari talabalar va magistrlarga keng ko‘lamdagi zamonaviy talablar doirasida ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Oxirgi yillarda fakultetda «Suv xo‘jaligi va melioratsiya», «Ekologiya va atrof muhit muhofazasi», «Gidrologiya» «Kasb ta’limi: Suv xo‘jaligi va melioratsiya» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mutaxasislar tayyorlab kelayotgan bo‘lsa, 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublika Prezidentining 4 maydagi PQ-2954-sonli qarori asosida fakultet tarkibida yangi, “Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga quyildi. Shu bilan bir qatorda muhtaram prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovichning “Toshkent iirigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-son qarori asosida fakultetda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlarini hisobga olib, 2018-2019 o‘quv yilidan «Suv xo‘jaligi va melioratsiya», “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish”, “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi” va “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga quyildi. Ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bugungi kunda 1600 dan ortiq talabalar zamonaviy sharoitda tahsil olmoqdalar. Shu bilan bir qatorda “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”, “Atrof muhit muhofazasi”, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish”, “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari”, “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish” “Suv xo‘jaligida ekologiya xavfsizligi” mutaxasisligi bo‘yicha magistrantlar tayyorlash yo‘lga quyildi. Fakultet oliy malakali kadralar tayyolash borasida “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” va “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosliklari hamda PhD va DSc ilmiy darajalari bo‘yicha ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlab kelmoqda. Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar o‘quv jarayoni bilan birgalikda olib borilmoqda. Fakultet talabalari tahsil olayotgan 68 ta guruhda «Ustoz-murabbiy» tizimi asosida yetakchi professor-o‘qituvchilar murabbiylik qilmoqdalar.

O‘tgan davr ichida fakultet o‘zining xalqaro aloqalarini kengaytirib bordi. Fakultet olimlari AQShning USAID agentligining Universitetlarini qo‘llab quvvatlash boshqarmasi xomiyligida Vashington shtati Universiteti bilan xamkorlikda “O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda atrof muxit muxofozasi va suv resurslarini boshqarish masalalarida xamkorlik” loyihasini amalga oshirmoqdalar. Bu loyiha bo‘yicha 33 ta professor o‘qituvchi o‘z malakasini oshirdi. Yevropa hamjamiyati tomonidan e’lon qilingan tanlovda Belgiyaning Lej Universiteti, Rossiya Fanlar Akademiyasi Okeonologiya va suv muammolari instituti, Ukraina, Germaniya hamda Bolgariya universitetlari bilan hamkorlikda “Desertification in the Aral Sea region: a stafy of Natural and Antropogenic impacts” mavzusida ilmiy ishlar loyihasi, Germaniyaning Bonn Universiteti bilan hamkorlikda “Xorazm viloyati sug‘orma dehqonchiligini restrukturizatsiya qilish va ekologik–meliorativ holatini tiklash” loyihasi va AQSh Kolorado shtati universiteti olimlari bilan “ Sirdaryo viloyatida biosun’iy – zovur tizimlarini tadbiq qilish” loyihalarini bajarmoqdalar. Shuningdek fakultet xalqaro hamkorlik borasida yetakchi sifatida AQSh, Yevropa, MDX va Sharq mamlakatlari nufuzli ilmiy tadqiqot institulari va universitetlari bilan keng qamrovli ilmiy, metodik, kadrlar almashinuvi yo‘nalishlarida samarali aloqa tizimi yo‘lga quyilgan.