O'qitiladigan fanlar

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Hayot faoliyati xavfsizligi

Hayot faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.

2.

Mehnat muhofazasi mahsus kursi

Insonning ishlab chiqarish sharoitida sog‘lom va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan fan bo‘lib, mehnatni muhofaza qilishning me’yoriy-huquqiy va tashkiliy masalalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi, elektr xavfsizligi va texnika xavfsizligini ta’minlash asoslarini o‘z ichiga qamrab oladi.

3.

Yong‘in xavfsizligi asoslari

Bo‘lajak mutaxassislarga turli tusdagi yong‘in va portlash yuz berganda inson hayotini, fuqarolarni, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilish, talafot olganlarga birlamchi tibbiy yordam berish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini shu bilan birgalikda moddiy boyliklarni yong‘indan, nobud bo‘lishdan saqlash tadbirlari va qoidalarini  o‘rgatishdan iborat.

4.

Yo‘nalishga kirish

Bo‘lg‘usi mutaxassislarni ta’lim olish jarayoni va kelgusi mehnat faoliyatini davom ettiruvchi korxonalar haqida tassavurga ega bo‘lishiga yordam beradi. Talabalarni oliy ta’lim tizimiga ko‘nikmalarini xosil qiladi.

5.

Inson fiziologiyasi va gigienasi

Talabalarni inson organizmining umumiy fiziologiyasi, asosiy fiziologik o‘zgarishlari va eng muhim gigienik talablar, mezonlar bilan tanishtiradi.

6.

Avariya  qutqaruv ishlari

Avariyalar va tabiiy ofatlar (zilzilalar, suv toshqinlari, to‘fonlar, tog‘ ko‘chkilari, yong‘inlar va boshqa) sodir bo‘lganda, ulardan kelib chiqqan asoratlarni bartaraf qilish, har xil noxush tabiiy va iqlimiy sharoitlarda, iqtisodiyot ob’ektlarini barqaror ishlashi masalalarini o‘rganadi. Shu bilan bir qatorda insonlarni xavf xatarlarni oldini olish chora-tadbirlarini olib borish, kechiktirib bo‘lmaydigan yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha talabalarga o‘rgatishdan iborat.

7.

Bino va inshootlar xavfsizligi

Konstruksiyalarni mustaxkamligi, konstruksiyalarni xavfsiz konstruktiv-loyihalash yechimlari, yong‘in xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish, me’yoriy xujjatlardan va boshqa texnik adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatadi.

8.

Ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik

Ishlab chiqarish jarayonlarida bo‘ladigan xavfli faktorlar aniqlash, xavfsiz va sog‘lom faoliyatning sharoitlarini yaratishni o‘rgatish.

9.

Radiatsiya xavfsizligi

Bo‘lajak mutaxasislarni kundalik ish faoliyatida va turli Favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanishlar manbalari xavfi, nurlanishlar turlari va ularning inson organizmiga ta’siri xususiyatlari, ulardan himoyalanish tadbirlari bilan tanishtirishdir. Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarini, muhofazalanish metodlarini, dezaktivatsiya o‘tkazish usullarini, radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda to‘g‘ri hatti – harakat qilishni o‘rgatadi.

10.

Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi

Bo‘lajak mutaxassislarga har qanday  favqulodda vaziyatlarda (tabiiy, texnogen, ekologik tusdagi) fuqarolarni muhofaza qilish, talafot olganlarga birlamchi tibbiy yordam berish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va moddiy boyliklarni zararlanishdan saqlash qoidalarini  o‘rgatishdan iborat.

11.

Ekologik xavfsizlik

Tabiatni muhofaza qilish, ekologik talablarga xar doim rioya etish va ekologik halokatlarning oldini olishga qaratilgan sotsial - iqtisodiy, huquqiy xavfsizligi masalalarini o‘rgatishdan iborat.

12.

Ergonomik biomexanika

Ishlab chiqarish korxonalarida qulay ish sharoitlarini yaratish, kasb kasalliklarini kamaytirish, texnik vositalardan foydalanishda ergonomik omillarni e’tiborga olgan holda inson fiziologiyasi, anatomiyasi, antropometrik o‘lchovlar bilan o‘lchash vazifalari mutaxassislar tomonidan xavfsiz etilishi ko‘zda tutishdan iborat.

13

Fuqaro himoyasini tashkil qilish

Bo‘lajak mutaxasislarni tabiiy, texnogen va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarda insonlarni xayotini va sog‘lig‘ini ta’minlash maqsadida himoya usullariga o‘rgatishdir.