Ilmiy ishlar

Mavzu: №1.1: «Irrigatsiya tizimlari, gidrotexnik inshootlar va suv omborlarida gidravlik va gidrologik jarayonlarni informatsion texnologiyalar asosida baholashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish»

Kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalishlari

  1. Naporli va naporsiz tizimlarda, gidrotexnik inshootlar, ochiq o‘zanlardagi oqim harakatining qonuniyatlari va inshootlarning gidravlik hisobi.
  2. Daryo o‘zanida, kanallarda, ochiq va yopiq zovurlar, suv omborlaridagi gidravlik va gidrologik jarayonlar monitoringida ilg‘or informatsion va SMART texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari;
  3. Suv xo‘jaligida resurs tejamkor texnika va texnologiyalarning gidravlik ishonchligi va samaradorligini baholash va konstruktiv parametrlarini ishlab chiqish.
  4. Ochiq uzanlarda, naporli tizimlarda va turli maqsadlarda foydalanadigan gidrotexnik inshootlarda ikki fazali oqimlar harakati qonuniyatlarini tadqiq etish va amaliy masalalarni hal etishda foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqish.
  5. Gidrotexnik inshootlar beflarida va tindirgichlarda chukindilar harakatining  nazariy asoslari va xisoblash metodlarini rivojlantirish.
  6. O‘zandagi  jarayonlarni baholashda GIS texnologiyalarini qo‘llash;
  7. Suv omborlarida suv balansi hisobini va  loyqalanishi bashoratini takomillashtirish
  8. Daryo cho‘kindilarining  irrigatsion ahamiyatini baholash va boщqarish bo‘yicha  tavsiyalar ishlab chiqish.
  9.  Magistral kanalarda va gidrotexnik inshootlarda filtratsion jarayonlarni tadqiq etish.

Xamkorlik qiluvchi muassasalari nomi

Xamkorlikda joriy yilda olingan natijalar

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Doimiy ravishda tashkilot tomonidan o‘tqazilayotgan seminar, anjumanlarda ishtirok etildi,  institut doirasida turli xil tadbirlar tashkil etildi. Kafedrada faoliyat olib borayotgan  yosh uqituvchilarning ilmiy izlanishdari natijalarini kimyoviy  analizlarini bajarishda amaliy yordam berildi. Kafedra xodimlari prof I.Axmedxodjaeva ISMITIda ilmiy hamkorlik doirasida faoliyat olib bormoqdalar.

GIDROPROEKT Aksionerlik jamiyati

O‘zaro hamkorlik natijasida erilishgan yutuqlardan kelishilgan xolda foydalanish, me’riy xujjatlarni ayrboshlash, buyurtma asosida loyixalar bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish, ilmiy tekshirish ishlarni birgaliklda olib  borish tashkil etildi. 5+1 dasturi asosida darslar olib borilmoqda.

Toshkent arxitektura va qurilish instituti

O‘zaro hamkorlik natijasida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti

O‘zaro hamkorlik natijasida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borildi. Hamkorlikda PhD dissertatsiyalari tayyorlanmoqda.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti

O‘zaro hamkorlik natijasida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borildi.

Yuqori Chirchiq suv inshootlari boshqarmasi

O‘zaro hamkorlik natijasida ilmiy-tadqiqot va fan ta’lim ishlab chiqarish integratsiyasi asosida hamkorlikda ishlar olib borildi.

Chortoq tumanidagi Bog‘iston qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji bilan

PK-3003 sonli qaror ijrosini hamda Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar  ta’limi ta’lim dasturlarining uzliksizligi va izchilligini taminlash maqsadida o‘zaro hamkorlikda ishlar olib borildi.