Irrigatsiya va melioratsiya

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri

professor Begmatov Ilxom Abduraimovich

Теl.:  +99871-237-19-56

Email: i.begmatov@tiiame.uz

 

 


“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi TIQXMMIning Gidromelioratsiya fakulteti tarkibidagi mutaxassis tayyorlovchi asosiy kafedralardan biri hisoblanadi. Uning oliy texnik ta’lim beruvchi ilmiy– pedagogik jamoasining shakllanish tarixi TIQXMIIning tashkil topishi bilan bog‘liq bo‘lib, Turkiston Davlat Universiteti tarkibidagi injener-melioratsiya bo‘limining tashkil topish davridan boshlanadi (1923 y). Kafedraning tashkil topishida taniqli olimlar va injenerlardan V.D.Jurin, N.A.Yanishevskiy, Ye.P.Zalesskiylar bevosita ishtirok etgan. Kafedraning birinchi mudiri professor B.X.Shlegel bo‘lgan va turli yillarda yetuk va taniqli olim va injener – melioratorlardan N.V.Makridin,V.S.Maligin, V.V.Poslavskiy, V.M.Legostaev, B.D.Korjavinlar kafedraga rahbarlik qildilar. Ular nafaqat kafedra faoliyatida, balki, O‘zbekiston va O‘rta Osiyoning boshqa respublikalari irrigatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirdilar.

Keyingi davrlarda kafedraga TIQXMMI bitiruvchilaridan bo‘lgan X.A.Axmedov, A.A.Rachinskiy, G.G.Podgornov, F.M.Raximboevlar rahbarlik qildilar. Bu olimlar raxbarligida ko‘plab darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratildi, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. Jumladan, professor X.A.Axmedov tomonidan sug‘orish va zax qochirish melioratsiyasi bo‘yicha birinchi marta o‘zbek tilida darsliklar yaratildi. Bu davrda har yiliga 100-150 tagacha injener – melioratorlar tayyorlandi.

Kafedraning professorlari va o‘qituvchilari o‘zbek va rus tillarida ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarni o‘tmoqdalar. Kafedrada 17 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 5 ta magistrlik mutaxassisliklariga Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish, Qishloq xo‘jaligi gidrotexnika melioratsiyasi, Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash, Kimyoviy melioratsiya, Tabiiy sharoitlarni yaxshilash, Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish, Yerlarni rekultivatsiyalash va muhofazasi, Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari, Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari, Biomelioratsiya, Gidromelioratsiyatizimlarini rekonstruksiyasi, Landshaftli irrigatsiya, Suv tejamkor sug‘orish tizimlarini loyihalash, Tuproq-o‘simlik-suv orasidagi bog‘liqlik, O‘lchovlar va vositalar (nazariya va qo‘llanishi) fanlari o‘qitilmoqda.

Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar