Ilmiy ishlar

Илмий тадқиқот ишлар мавзуси

Мақсад ва вазифалари тўғрисида қисқача маълумот

1.

Тошкент вилояти далаларида ғўза қатор ораларига дуккакли экинларни биргаликда yetishtirish orqali yerlarning unumdorligini oshirish va meliorativ xolatini yaxshilash

Toshkent viloyati TIQXMMI o‘quv ilmiy markazi (O‘IM) da sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini o‘rganish maqsadida tabiiy-dala sharoitida g‘o‘za qator oralariga dukkakli ekinlarni birgalikda yetishtirish orqali yerlarning unumdorligini oshirish va meliorativ xolatini yaxshilash asosida ilmiy izlanishlar olib boriladi. 2016 yilda ushbu yo‘nalishda kafedra dotsenti Sarimsakov M.M. raxbarligida 14 million so‘mlik xo‘jalik shartnomasi bajarildi

2.

TIQXMMI O‘IM dagi 1 gektar bog‘da past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish

Toshkent viloyati TIQXMMI O‘IM sug‘oriladigan yerlarida suvdan foydalanish texnologiyasini past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimini 1 gektar bog‘da tadbiq qilish bo‘yicha izlanishlar olib boriladi. Xozirgi kunda ushbu bog‘da kafedra ilmiy amaliyot markazi tashkil qilish rejadashtirilgan.

3

O‘zbekiston Respublikasi suv taqchil yerlarida muqobil energiya manbalari yordamida suv iqtisodi texnologiyalarini joriy etish

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi suv taqchil yerlarida muqobil energiya manbalari yordamida suv iqtisodi texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida izlanishlar olib boriladi. Kafedra marxum professori Baraev F.A. boshlagan tadqiqotlarni bugungi kunda shogirdlari davom ettirishmoqda.

4

Interpolimer kompleksdan xosil qilingan ekran yordamida mineral o‘g‘itlar samarasiz sarfini kamaytirish

Ushbu loyixada interpolimer kompleks ishlatilib xosil qilingan tuproq usti va tuproq osti ekranlar yordamida belgilangan sug‘orish normalari orqali paxta sug‘orilishida tuproq minerallashtiri-lishining samarasiz sarfini kamaytirish, bunda minerallashtirish jarayonini o‘rtacha 25,5 - 29,3% ga oshirilishiga erishish yo‘nalishidagi tadqiqotlarni o‘tkazish ilmiy izlanishlari kafedra amaliy granti doirasida olib borilmoqda