Tarixi
«Professional ta’lim va jismoniy madaniyat» kafedrasi
mudiri pedagogika fanlari doktori, professor
Ismailova Zuxra Karabayevna
Tel.: +99871-237-40-30
Email: z.ismailova@tiiame.uz
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi 1982 yilda tashkil topgan bo‘lib, p.f.n., (1982 -2002) prof. K.D. Mirsaidov p.f.n., (2003-2010) dotsent Z.Ismailova p.f.n., dotsent. R.A.Asomova (2011-2013), p.f.n., (2013-2016) dotsent D.O.Ximmataliev va p.f.n., (2016-2018) dotsent M.X.Baybaeva kafedra mudiri lavozimida ishlaganlar. 2020 yil 25 iyul kunidan “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi deb nomlana boshlandi, hamda p.f.d., prof. Z.K.Ismailova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedraning salohiyatli pedagoglari rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va natijada shu kunga qadar 6 nafar fan nomzodi, 4 nafar falsafa doktori (PhD), 2 nafar fan doktori (DSc) himoya qilgan. “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi qoshida 2001 yildan buyon 13.00.05-“Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktarantura faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada bir qancha pedagog olimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ular: p.f.d., professor Z.K.Ismailova, dotsentlar: p.f.n. R.K.Choriev, p.f.n. M.K.Xoshimova, p.f.n. (PhD) D.I.Muqumova, p.f.n. (PhD) R.X.Fayzullaev, p.f.n. (PhD) D.A.Mustafoevalar samarali mehnat qilishmoqda. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 400 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan 12 ta monografiya, 7 ta darslik, 16 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy ishlanmalar chop ettrilgan. Talabalar ilmiy jamiyati va ta’lim sifatini oshirish va talabalarning erishgan yutuqlari, hamda hamkorlik natijalari va olib borilgan samarali faoliyat natijasida hozirgacha kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida 1 nafar prezident stependiyasi sohibi, 2 nafar “Pedagogika”, “Kasbiy ta’lim” fanlaridan olimpiada g‘oliblari va bir qancha nomdor stependiya sohibligiga erishildi. Kafedrada hozirgi kunda respublikamizdagi faoliyat ko‘rsatayotgan turdosh oliy o‘quv yurtlari shuningdek qishloq va suv xo‘jaligi soha yo‘nalishlaridagi professional ta’lim yo‘nalishlari bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib, “Ustoz – shogird” tizimi asosida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Paxtaobod qishloq xo‘jaligi texnikumi, Qumqo‘rg‘on agrosanoat texnikumlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar