Bakalavriatura yo'nalishlari

Bakalaviatura:

Ta’lim kodi

Ta’lim yo‘nalishi

Ta’lim yo‘nalishi haqida

5450200

Suv xo‘jaligi va melioratsiya

Fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, u o‘z tarkibiga sug‘oriladigan yerlardan yuqori hosil olish maqsadida, yer va suv resurslaridan mukammal foydalanish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, mukammal suv xo‘jaligi, gidromeliorativ tizimlarni va inshootlarni barpo qilish va ekspluatatsiya qilishga kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublari va yo‘llari majmuini qamrab oladi. Kasbiy faoliyatning ob’ektlariga melioratsiya qilinayotgan va qilingan yerlar, suv resurslari, sug’orish, zax qochirish tarmoqlari va tizimlari, ulardagi inshootlar, xo‘jalik va ichimlik extiyojlari uchun suv ta’minoti tizimlari, gidromeliorativ tizimlarni boshqarish ob’ektlari kiradi.

5141100

Gidrologiya (suv omborlarida)

Suv xo‘jaligi sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, asosan suv omborlari va quruqlikdagi boshqa suv manbalarida kompleks tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan usullar va vositalarni, suv resurslari muammolarini tahlil qilish, tabiiy va antropogen hodisalar keltirib chiqargan ularning miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlarini baholash va bashorat qilishni quruqlik suvlaridan ekologik xavfsiz foydalanish, ularni qurib qolishdan va ifloslanishdan muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni, qurilish bo‘yicha loyihalar va suvni asrash choralarini rejalashtirish uchun gidrologik va suv xo‘jaligi hisoblashlarini, rejimli gidrologik choralarni tashkil etish va olib borishni, amaliy gidrologik bashoratlarni amalga oshirish kabi samarali jarayonlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.

5450800

Suv xo`jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish

5450800  - Sub xo’jaligida inovatsion texnalogiyalar va ulardan foydalanish talim yo’nalishi malaka talabalari va o’quv rejalaridagi gumanitar va tabiiy ilmiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bloklariga yangi zamonaviy fanlar kiritildi yani “ Gidromeliorativ tizimlarida injinerlik servis xizmati”, “ Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanishni avtomatlashtirish”, “Melioratsiya tizimlarida inavotsiyon texnalogiyalardan foydalanish” mutaxasislik fanlari shakillantirildi.

5111000

Kasbiy ta’lim (suv xo‘jaligida)

Bu ta’lim yo‘nalishi – fan, texnika va ta’lim sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, u o‘quv fanlari, vositalari, uslublari va pedagogik faoliyatning usullarini hamda tarkibiga sug’oriladigan yerlardan yuqori hosil olish maqsadida, yer va suv resurslaridan mukammal foydalanish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, mukammal suv xo‘jaligi, gidromeliorativ tizimlarni va inshootlarni barpo qilish va ekspluatatsiya qilishga kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi. Kasbiy faoliyat ob’ektlari – ta’lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni, suv resurslari, xo‘jalik va ichimlik extiyojlari uchun suv ta’minoti tizimlari, gidromeliorativ tizimlarni boshqarish ob’ektlari kiradi.

5450500

Meliorativ gidrogeologiya

Meliorativ gidrogeologiya ta’lim yo‘nalishi irrigatsiya va melioratsiya ta’lim sohasi tarkibida bo‘lib, unda litosferaning yuqori qismiga joylashgan yer osti suvlari zaxiralari va resurslarini qidirib topish, ishlatish va uni muhofazalash, yer osti suvlarida bo‘ladigan sifat va miqdoriy o‘zgarishlarini monitoringini olib borish, hamda bu o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi omillarni baholash va bashorat qilishga, gidromeliorativ tizimlar va suv tortib olish quduqlari zonasida kechadigan antropogen jarayonlarni taxlil qilish, yer osti suvlarini ichimlik suvi sifatida qo‘llash, Yer osti suvlarini yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini o‘rganish, uni yaxshilash va yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.

5450700 Suv taminoti muhandislik tizimlari 2018- 2019 o’quv yilida E va SRB  kafedrasida yangi 5450700- “Suv taminoti muxandislik tizimlari” – bakalaviatura talim yo’nalishi ochildi. Bu yo’nalish uchun “ Ichimlik suv taminoti inshoatlari ”, “Ichimlik suv taminoti muxandislik tizimlari ”, “Ichimlik suv tamionoti muxandislik tizimlari ekspulatatsiyasi”, “Ichimlik suv taminoti tizimlarini avtomatlashtirish”, “Suv tozalash texnalogiyasi” va “ Oqava suvlarni qayta ishlatish asoslari” kabi yangi fanlar kiritildi.