Ilmiy ishlar
ILMIY ISHLAR
Ilmiy va ilmiy - pedagogik xodimlar tayyorlash samaradorligi.
Kafedrada bugungi kunda tayanch doktorantlardan Xayitova Maxbuba, Malikov Elyor, Dustnazarova Sanobar, Narzullayev Jamshid, Abdukarimov Abror, Xamidov Axrorxon, Karimova Madina, Burxonova Munisa, Ergashev Jamshid va doktarantlar Ishchanov Javlon hamda G‘ulomov Sardorlar ilmiy ish olib bormoqdalar. Shuning bilan birga 45 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilar ham ilmiy ishlari ustida ish olib bormoqda.
Mustaqil tadqiqotchilar asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash.
Mamataliev A.B.–“Sug‘oriladigan sahro-qum tuproqlar sharoitida asosiy va takroriy ekinlarni tomchilatib sug‘orish texnologiyasi (Surxon-Sherobod vohasi misolida)” mavzuida ITI olib bormoqda. PhD doktorlik dissertatsiyasini 100 foizini tayyorlandi. Ilmiy rahbar: q.x.f.d., professor M.X.Xamidov.
Erishilgan natijalar: Mavzuga doir adabiyotlar tahlil qilindi. Tahlil dissertatsiyalar, ilmiy adabiyotlar, hisobotlar, maqolalar, shu bilan birga respublikamizda soha bo‘yicha bajarilgan va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, xorijiy tajribalar hamda internet ma’lumotlarini qamrab olgan. 2021-2022 yilga mo‘ljallangan nazariy qismi bajarildi, bu ishning 100% ini tashkil qiladi. Xalqaro konferensiyalarda–2 ta, Respublika jurnalida 1 ta va xorijiy jurnalda 1 ta maqola chop etilgan.
Botirov Sh.Ch.–“Rayonlashtirilgan (andoza), istiqbolli va yangi o‘rta-ingichka tolali g‘o‘za navlarining parvarishlash agrotadbirlari tizimini ilmiy asoslash va amaliyotga joriy etish” mavzusida ITI olib bormoqda. (Doctot of science) doktorlik dissertatsiyasini 65 foizini tayyorlangan. Ilmiy maslahatchi: q/x.f.d., professor M.X.Xamidov.
Erishilgan natijalar: dissertatsiya ishiga oid adabiyotlar tahlil qilingan. 4 tamaqolalari chop etilgan.
Bekmirzaev G‘.T. – “Sho‘rlangan tuproqlar va qurg‘oqchilik sharoitlarini sabzavot o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi, mineral tarkibi, fotosintez jarayoni va suv istemoliga ta’siri” mavzusida ITI olib bormoqda. (Doctot of science) doktorlik dissertatsiyasini 60 foizini tayyorlangan.
Erishilgan natijalar: dissertatsiya ishiga oid adabiyotlar tahlil qilingan. Skopusda–2 ta, respublika va xorijiy konferensiyalarida 4 tamaqolalari chop etilgan.
Yulchiyev D.G. – “Xorazm viloyatining sug‘oriladigan maydonlari sho‘rlanish darajasini tezkor baholash uslubini takomillashtirish” mavzusida ITI olib bormoqda. PhD doktorlik dissertatsiyasini 95 foizi tayyorlangan. Ilmiy rahbar: t.f.d., katta ilmiy xodim Shermatov Yоrmat.
Erishilgan natijalar: dissertatsiya ishiga oid adabiyotlar tahlil qilingan. Dissertatsiyaning nazariy va eksperimental qismlari bajarilgan. Respublika va xorijiy jurnallarida – 4 ta va Respublika va xorijiy ilmiy amaliy anjumanlarda 4 ta maqolalari chop etilgan.