Gidravlika va Gidroinformatika

Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi

mudiri t.f.d, professor.

Arifjanov Aybek Muxamedjanovich

Tel.: +998712371971

Email:  a.arifjanov@tiiame.uz

 


“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining tarixi Gidravlika nomi bilan 1918 yildan boshlagan. Turkiston davlat universitetida 1920 yil tashkil etilgan “Melioratsiya injenerlari “ fakulteti dekani V. D. Jurin Gidravlika kafedrasining birinchi mudiri boʻlgan. Keyinchalik V.D. Jurin rahbarligida “SANIIRI” ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan. 1932-1936 yillar t.f.n., dotsent S.V. Novokreshenov “Gidravlika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Shu yillarda atoqli olim E.A.Zamarin bilan hamkorlikda “Gidravlika va Gidrotexnik inshootlar” kabineti tashkil etilgan. 1936-1962 yillar Gidravlika kafedrasini taniqli olim, professor A.V. Troiskiy boshqargan. Bu davrda Gidravlika laboratoriyasi tashkil etilgan. Kafedraga sohaning yetuk mutaxassislari professor M.S. Vыzgo, dotsentlar L. A. Mashkovich, M.V. Selemetov, A.N.Razeyeva, R.M. Karimovlar ishga taklif etilgan. 1962-1973 yillar Gidravlika kafedrasini t.f.n., dotsent L. A. Mashkovich boshqargan. Bu yillarda kafedrada qator oʻquv-uslubiy metodik ishlar chop etilgan. Gidrotexnik inshootlarning gidravlik hisobiga doir yangi hisoblash metodlari ishlab chiqilgan.

1973 yili kafedra mudirligiga isteʼdodli olim, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani R.M. Karimov saylandi. Bu yillar (1973-1984) davomida “Gidravlika” kafedrasida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Gidravlika” laboratoriyasi qaytadan tashkil etildi. Kafedraga taniqli olimlar Yu.Yeshmuradov, P.N.Gurina, N.P.Togunova, G.I.Shishorina, I.A.Imerova, E.Mahmudovlar ishga taklif etilgan. 1984-1989 yillar davomida kafedraga t.f.n., dotsent Yu.Yeshmurodov rahbarlik qildi. Bu davrda “Gidravlika” kafedrasi kengaytirildi, “Gidromashinalar” va “Gidroyuritmalar” boʻyicha laboratoriya qurilmalari oʻrnatildi. Kafedraga texnika fanlari nomzodi T.G.Djunusov, texnika fanlari nomzodi A.M.Arifjanov, T.Pyatayeva, A.M.Ishonxodjayev, D.R.Bozorovlar ishga taklif etilgan. Kafedrada sohaning yetuk mutaxassislari dotsentlar R.M.Karimov, P.N. Gurina, N.P.Togunova, G.I. Shishorina, X.X. Isoqovlar, assistentlar I.A. Imerova, I.A.Axmedxodjayeva, X.X.Ishanov, T.N. Tursunov, R. Quchqorovlar, laboratoriya mudiri S.Nafasov, oʻquv ustasi A.S.Murzin, katta laborant A.S.Berdiyevlar ishladilar.

Keyinchalik (1994 y.) kafedra mudirligi lavozimiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator, dotsent R.M. Karimov qayta saylandi. Bu yillar davomida (1994-2003) kafedrada oʻquv–uslubiy, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yangi bosqichga koʻtarildi. Kafedrani 2003-2004 yillar t.f.d., professor D.R. Bozorov boshqargan. 2004 yili “Gidravlika” kafedrasi mudiri lavozimiga t.f.d., professor A.M. Arifjanov (“Injenerlik ekologiyasi” kafedrasi mudiri) saylandi va hozirgi davrga qadar boshqarib kelmoqda. Bu davrlar davomida kafedrada qator yetuk olimlar: atoqli olim, akademik X.A.Raxmatulin izdoshi hamda Gidravlika fanidan davlat tilida ilk darslikning muallifi boʻlgan t.f.d., prof. K.Sh.Latipov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator, t.f.n., dos. R.M. Karimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy t.f.n., dos. N.P.Togunova, t.f.d., prof. A.Shokirov, t.f.d.,prof. D.Bozorov, t.f.d., prof. S.Xudaykulov, t.f.d. A.Fatxullayev, prof. I.Axmedxodjayeva, dos., t.f.n. X.Isakov, t.f.n., dos. B.Obidov, t.f.f.d., dotsentlar K.Raximov, S.Xidirov, L.Samiyev, katta oʻqituvchilar A.Ishonxodjayev, A.Xodjiyev, assistentlar Z.Ibragimova, T. Apakxujayeva, M.Ataxonovlar, laboratoriya mudiri K.Arifjanova, N. Pulatova, laborantlar Z.Umarova, T.Yusupaliyevalar faoliyat koʻrsatdilar.

2017 yil 24-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-3003 qaroriga asosan Gidravlika kafedrasi negizida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi kunda kafedrada t.f.d, professor A.M.Arifjanov (2004 yildan kafedra mudiri), t.f.d, professor D.R.Bozorov, t.f.n, professor I.A.Axmedxodjayeva, t.f.n. dos. X.X.Isokov, dos. Q.Raximov, dos. L.Samiyev, dos. X.Qurbonov, dos. D. Poluanov, dos. Sh.Kenjaboyev, katta oʻqituvchi A.Xodjiyev, assistentlar Z.Ibragimova, T.Apakxujayeva, M.Ataxanov, D. Allayarov, S. Jonqobilov, laboratoriya mudiri N. Duskulova va laborantlar D.Atakulov, Sh.Sobirovlar faoliyat yuritmoqdalar. 2010 yildan kafedra qoshida “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha magistratura va doktorantura faoliyat koʻrsatmoqda. Oxirgi ikki yilda kafedrada ikkita fan doktori (DSc) va 4ta (PhD) falsafa doktori dissertatsiyasi tayyorlandi va himoya qilindi. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari suv va qishloq xoʻjaligi sohasida, oʻquv jarayonida keng qoʻllanib kelinmoqda. Kafedraning xodimlari “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanloviga qatnashib Respublika miqyosida gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Kafedra qoshida faoliyat koʻrsatayotgan “EVRIKA” talabalar ilmiy jamiyati aʼzolari nufuzli tanlovlarda qatnashib faxrli oʻrinlar sohibi boʻlmoqdalar. Talabalar ilmiy jamiyati aʼzolari tomonidan oxirgi ikki yilda 45ta maqola, 2ta patent, 5ta dastur uchun guvohnoma va 1ta monografiya nashr etildi. Kafedra xodimlari rahbarligida tayyorlangan talabalar “Gidravlika” fanidan Respublika fan olimpiadasida 30 yildan beri birinchi oʻrin sohibi boʻlib kelmoqdalar. Kafedra xodimlari tomonidan tayyorlagan oʻquv adabiyotlar qator tillarga tarjima qilingan va respublikada “Yilning eng yaxshi oʻquv adabiyoti” tanlovi gʻolibi boʻlib kelmoqda.


Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar Dasturlar