Hamkorlar

                        Hamkorlik doirasida bajarilayotgan ishlar

«Irrigatsiya va melioratsiya» kafedrasi soha boʼyicha ishlab-chiqarish bilan uzviy aloqasini taʼminlash, talabalarga bilim berish va professor-oʼqituvchilar malakasini oshirish hamda kafedra moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek oʼquv va ishlab-chiqarish amaliyotini tashkil qilish boʼyicha Chirchiq-Ohangaron ITHB, TIQXMMI qoshidagi ISMITI, Moliya vazirligi qoshidagi SEMHYa jamgʼarmasi, “UZGIP” MChJ, “Oʼzsuvloyiha” АJ bilan xamkorlik qilmoqda.

Kafedra mutaxassislik ixtisoslashuviga mos zamonaviy korxonalar: Chirchiq – Oxangaron irrigatsiya tizimi xavza boshqarmasi va TIQXMMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy – tadqiqot instituti bilan ilmiy-texnologik muammolar va ularni yechimini izlash boʼyicha innovatsion xamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.

Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus dasturi boʼyicha 2017 yilda Frantsiyaning Lill Universiteti (Universite de Lille) da kafedra xodimi Bekmirzaev Gʼ. (ilmiy rahbarlari: Lillь 1 Universiteti professori OUDDАNE Baghdad va XАMIDOV Muxammadxon Xamidovich, TIQXMMI professori) “Shoʼrlangan tuproqlar va qurgʼoqchilik sharoitlarida sabzavot oʼsimliklarining oʼsib rivojlanishi, mineral tarkibi, fotosintez jarayoni va suv iste’moliga taʼsiri” (“Effect of saline soils and drought conditions on growth, mineral composition, photosynthesis and water relations of vegetable crops”) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va PhD diplomini oldi.

Erasmus+ loyihasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Gumboldt nomidagi Berlin universiteti (Germaniya) kredit mobillik loyihasi doirasida tanlov gʼolibi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi tayanch doktoranti J.K.Ishchanov va assistenti I.Urazbaev 2016 yilning 16 aprelidan 14 iyuligacha Germaniyaning Gumboldt nomidagi Berlin universiteti oʼz malakalarini oshirdilar.

Loyiha koordinatori dok. Mattias Parske Universitetda talabalar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot bermoqda.

Prof. Klauss Eysenakning taklifiga binoan “Long Night of the Sciences” doirasidagi iqlim oʼzgarishni qanday uslubda boshqarish haqidagi “game” da qatnashish jarayoni

  Kafedraning soha boʼyicha ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorligidagi maʼruzasi jarayoni