O'qitiladigan fanlar
№ |
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1. |
Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish |
Sug‘orish va zah qochirish tarmoqlari, gidrotexnika inshootlaridan oqilona foydalanish turlari, tuproq meliorativ sharoitlari uchun suvni to‘g‘ri taqsimlash hamda yerlar meliorativ xolatini yaxshilash hisoblari o‘rganiladi. |
2 |
Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi va gidromeliorativ tizimlardan foydalanish |
Tabiiy sharoitlarni yaxshilashning umumiy tamoyillarini, ularning tabiat bilan bog‘likligi va farqi, geotizimli yondashuv zarurligi, tabiy jarayonlarning asosiy qonuniyatlarini, tabiiy tizimlarga texnogen tasirlarni, yerlarni melioratsiyalash va rekultivatsiyalashga yondashuvni o‘rganiladi. |
3 |
Suv xo‘jaligi meliorativ monitoringi va kadastr |
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ monitoringi va kadastrini ishlab chikish xamda ma’lum tuproq-meliorativ sharoitlari uchun ularni to‘g‘ri tanlash, tahlil qilish va monitoring kilish o‘rganiladi. |
4 |
Bozor iqtisodiyoti sharoitida suvdan foydalanish |
Bozor munosabatlari sharoitida suvdan foydalanishda iqlim va tuproq-meliorativ sharoitlari uchun suvni to‘g‘ri taqsimlash xisoblari o‘rganiladi |
5 |
Qishloq xo‘jaligi ekinlari xosildorligi bashorati |
Yerlardan to‘liq va samarali foydalanish, tuproq unumdor-ligini, ish unumini va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadi-gan hosildorlikni sug‘orish orqali muntazam oshirib borish, melioratsiyani yuqori unumli agrotexnik tadbirlar bilan bog‘liq ravishda amalga oshirish, sho‘rlangan maydonlardagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sug‘orish texnikalari va ulardan foydalanish o‘rganiladi. |
Magistratura
1 |
Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanishda konsalting xizmati |
Sug‘oriladigan yerlardagi melioratsiya tizimlarining ishlash nazariyasi, turlari va tuzilishi xamda ma’lum tuproq-melioratsiya sharoitlari uchun ularni to‘g‘ri loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishni o‘rgatishdan iborat. |
2 |
Meliorativ tizimlardan foydalanish |
Sug‘oriladigan yerlardagi melioratsiya tizimlarining ishlashi, turlari, tuzilishi xamda tuproq turiga mos ravishda sug‘orish tizimlarini loyihalashni o‘rganishdan iborat. |
3 |
Suv resurslari va undan tejamli foydalanish |
Mutaxassislarni suv resurslari va ulardan tejamli foydalanish usullari nazariy va amaliy o‘rgatiladi |
4 |
Amaliy gidrometriya |
Magistrlarda mantiqiy, algoritmik, abstrakt fikrlash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan foydalanishda gidrologik ko‘rsatkichlarni o‘lchash xizmati taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etish o‘rgatiladi |
5 |
Gidromeliorativ tizimlarni modernizatsiyalash |
Sug‘oriladigan yerlar meliorativ monitorinigi va kadastrini modernizatsiyalash, jumladan GIS texnologiyasidan foydalanish va zamonaviy EHM dasturlarini tuzish xamda xar xil tuproq-meliorativ rejimlarini to‘g‘ri o‘rganish, suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasida qo‘llaniladigan turli mahsus avtomat qurilmalari, vosita-jixozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilishi ko‘lami, hisoblash asoslari o‘rgatiladi. |
6 |
Gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirish |
Magistrlarda gidroavtomatlar turlari, vosita-jihozlari, qurulmalari, nazariy asoslari, yuqori, pastki va aralash b’ef gidroavtomatlar tizimlari, ularga qo‘yiladigan talablar, ijobiy va salbiy tomonlari, gidroavtomatika tizimlaridan foydalanish qoidalari, telemexanika tizimi turlari va ulardan foydalanish, suvdan foydalanish rejalarini gidroavtomatika usullari yordamida joriy etish o‘qitiladi |