Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi

«Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi» kafedrasi

mudiri pedagogika fanlari doktori, professor

Ismailova Zuxra Karabayevna

Tel.: +99871-237-40-30

Email: z.ismailova@tiiame.uz

 


 Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Pedagogika, psixologiya va oʼqitish metodikasi” kafedrasi 1982 yilda tashkil topgan boʼlib, p.f.n., (1982 -2002) prof. K.D. Mirsaidov p.f.n., (2003-2010) dotsent Z.Ismailova p.f.n., dotsent. R.А.Аsomova (2011-2013), p.f.n., (2013-2016) dotsent D.O.Ximmataliev va p.f.n., (2016-2018) dotsent M.X.Baybaeva kafedra mudiri lavozimida ishlaganlar. 2018 yildan bugungi kunga qadar p.f.d., prof. Z.K.Ismailova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.  Kafedraning salohiyatli pedagoglari rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va natijada shu kunga qadar 5 nafar fan nomzodi, 2 nafar falsafa doktori (PhD), 2 nafar fan doktori (DSc) himoya qilgan.  “Pedagogika, psixologiya va oʼqitish metodikasi” kafedrasi qoshida 2001 yildan buyon 13.00.05-“Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʼyicha tayanch doktarantura faoliyat koʼrsatib kelmoqda.  Bugungi kunda kafedrada bir qancha pedagog olimlar faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Ular: p.f.d., professor Z.K.Ismailova, p.f.d., professor v.b. X.D.Ximmataliev, dotsentlar: p.f.n. R.K.Choriev, p.f.n. (PhD) D.I.Muqumova, p.f.n. (PhD) R.X.Fayzullaevlar, katta oʼqituvchi D.А.Mustafoevalar samarali mehnat qilishmoqda. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 400 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan 7 ta monografiya, 4 ta darslik, 10 ga yaqin oʼquv qoʼllanma, oʼquv-uslubiy ishlanmalar chop ettrilgan.Talabalar ilmiy jamiyati va taʼlim sifatini oshirish va talabalarning erishgan yutuqlari, hamda hamkorlik natijalari va olib borilgan samarali faoliyat natijasida hozirgacha kafedra professor-oʼqituvchilari rahbarligida 2 nafar prezident stependiyasi sohibi, 2 nafar “Pedagogika”, “Kasbiy taʼlim” fanlaridan olimpiada gʼoliblari va bir qancha nomdor stependiya sohibligiga erishildi.Kafedrada hozirgi kunda respublikamizdagi faoliyat koʼrsatayotgan turdosh oliy oʼquv yurtlari shuningdek qishloq va suv xoʼjaligi soha yoʼnalishlaridagi kasb-hunar kollejlari bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari tuzilgan boʼlib, “Ustoz – shogird” tizimi asosida, Toshkent viloyati Yangiyoʼl qishloq xoʼjaligi kasb-hunar kolleji, Qibray qishloq xoʼjaligi kasb-hunar kolleji, Toshkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kolleji, Toshkent viloyati energetika kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.


Gidromelioratsiya fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar