“Oʻzekspomarkaz”ga tashrif

SXM – 308 guruh talabalari 15-mart kuni guruh murabbiyi “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Q.T. Raximov bilan birgalikda “Oʻzekspomarkaz” da tashkil etilgan “14-Xalqaro Qishloq xoʻjaligi” koʻrgazmasiga tashrif buyurishdi.

Talablar koʻrgazmada hozirgi kunda qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishdilar. Oʻzlariga qiziqarli boʻlgan jihatlar haqida ishtirokchilarga savollar bilan murojaat qildilar. Eng asosiysi talabalar koʻrgazmadan katta taassurotlar bilan qaytishdi. Ularda bunday koʻrgazmalarda kelajakda oʻzlari ham ishtirok etish niyatlari hosil boʻlganini aytib kelishdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov