Hisobot taqdimoti

2019 yil 4 yanvar kuni institutning 4-maʼruzalar zalida “Gidromelioratsiya” fakultetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini oʻquv va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish yuzasidan 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha HISOBOTining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Taqdimot qiziqarli mulohazalarga boy boʻldi. Hisobot yigʻilishida fakultet professor-oʻqituvchilarining deyarlik barchasi ishtirok etdi. Professorlar A.Arifjanov, B.Serikbayev, N.Egamberdiyevlar. dotsent A.Sherovlar soʻzga chiqib, taqdimot yuzasidan qimmatli mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, ustoz ilmiy ishlarning koʻrgazmasi koʻpchilikda iliq taassurot qoldirdi.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov