Muzey – moziy va mangulik muhri

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar davlat muzeyi 1965 yilda tashkil topgan. Muzey ekspozitsiyasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy sanʼati, shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi. Shuningdek muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bagʻishlangan alohida “Temuriylar davri harbiy sanʼati” ekspozitsiyasi ham mavjud. Bu yerda harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining sxemalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari oʻrin olgan. Oʻzbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bagʻishlangan ekspozitsiya ham mavjud. “Mustaqil Oʻzbekistonni qoʻriqlash” ekspozitsiyasida qoʻshin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida maʼlumotlar olish mumkin.

Bugun 2018 yil 12 yanvar kuni institutimiz “Gidromelioratsiya” fakulteti Suv xoʻjaligi va melioratsiya taʼlim yoʻnalishi 104-guruh talabalari guruh murabiyi, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi dotsenti Buriyev Salimjon boshchiligida Qurolli kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalar muzeyning 3-qavatida Oʻzbekiston hududida koʻp asrlar davomida harbiy sohaning rivojlanish tarixi bilan tanishdilar. Muzeyning 2-qavatida esa Oʻzbekiston harbiylarining mustaqillik yillarida shakllanish bosqichlari oʻz aksini topgan. Guruh talabalari Oʻzbekiston harbiylarining mustaqillik yillarida koʻrsatgan jasorat namunalari bilan tanishishdi. Talabalar muzeyga tashrifdan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Guruh murabbiyi S. Buriyev axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov