“Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq”

2019 yil 31 yanvar kuni institut professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida “Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida oʻtkazilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor Q.Shavazov, Mirzo Ulugʻbek tumani imom xatibi Mamatov Akbarali Qodirovich, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani A.Fatxullayev, dekan muovinlari, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlarni toʻgʻri yoʻldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi maʼrifat ilmi bilan qarshi kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligi qayd etildi. Tadbir davomida “Islom: mohiyat va talqin” nomli film namoyish etildi. Tadbir soʻngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berdilar. Talaba-yoshlar tomonidan tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirilib, buyuk kelajakni qurish yoʻlida oliy maqsadlar sari ogʻishmay mehnat qilishlari haqida gapirdilar.

GM fakulteti dekan oʻrinbosari X.Tuychiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov