“Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi”

Joriy yilning 15 mart kuni Suv xoʻjaligi vazirligining bir guruh mutaxassislari, jumladan, “Yerlar melioratsiyasi” boshqarmasi boshligʻi N.Allaberganov va soha mutaxassislari ishtirokida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xoʻjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalariga “Respublikada sugʻoriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari” mavzusida ilmiy seminar oʻtkazdi. Ushbu seminarda bitiruvchi kurs talabalarini olgan nazariy bilimlarini amaliyotda, ishlab chiqarishda qoʻllash usullari va imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Bunda XXI asrda qishloq va suv xoʻjaligi sohalarda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan koʻnikmalar haqida toʻxtalib oʻtildi. Ushbu mavzu talabalarda katta qiziqish uygʻotdi, ular shiddatli oʻzgarishlar davriga munosib mutaxassis boʻlib yetishish uchun nimalar ustida ishlashlari kerakligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻldilar. Uchrashuv soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

GM fakulteti dekan oʻrinbosari X.Tuychiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov