Koʻrik-tanlov zavqida

2018-yil 21-dekabr kuni TIQXMMI GM fakultetining faol qizlari oʻrtasida "Balli qizlar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tanlov fakultet xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti raisasi D.Madazizova va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha yordamchisi Sh. Iskandarova tomonidan tashkillashtirildi.

Koʻrik-tanlovni baholash uchun hayʼat aʼzolari Nizomiy nomidagi TDPU Ibn Sino maʼrifat maskani raisasi S.Safarova, A.Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti XQQ raisasi B.Xasanova, TIQXMMI QXM fakulteti XQQ BT raisasi N.Holiqovalar taklif etildilar.

Tanlovni fakultet dekani Fatxulloyev Alisher Mirzatilloyevich ochib berdilar. Tanlovda 4 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular 1-bosqich 103-guruh talabasi Xusanova Eʼzoza, 2-bosqich 212 b-guruh talabasi Iskandarova Nohila, 2-bosqich 207-guruh talabasi Jumanazarova Komila va 2-bosqich 218-guruh talabasi Imomaliyeva Sohiba. Ishtirokchilar 4-shart boʻyicha bellashdilar. 1-shart tanishtiruv, 2-shart qovoq mahsulotlaridan dasturxon tuzash va berilgan mahsulotlardan salat tayyorlash, 3-shart erkin mavzuda milliy raqs, 4-shart savol-javob. Tadbir juda koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Bellashuv natijasiga koʻra 218-guruh talabasi Imomaliyeva Sohiba gʻolib deb topildi va esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti XQQ BT raisasi D.Madazizova axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov