“Intellektual-2018” tanlovi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora - tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3855-sonli qarori ijrosini taʼminlash, innovatsion faoliyat sohasida yosh olimlar, ixtirochilarning faoliyatini kuchaytirish maqsadida eng yaxshi intellektual mulkni aniqlash va ularning mualliflarini ragʻbatlantirish yoʻli bilan texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida Institut talabalari oʻrtasida “Intellektual” tanloviga barcha fakultetlardan jami 29 nafar nomzodlar hujjati tanlovni oʻtkazish boʻyicha institut tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etildi va ushbu hujjatlarning 19 tasi tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilib olindi. “Intellektual-2018” tanlovi 2018 yilning 15 dekabrida oʻtkazildi. Tanlovda kuyidagi nominatsiyalar boʻyicha talabalar qatnashishdi va gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi:

“Eng yaxshi ishlanma” nominatsiyasi boʻyicha

1-oʻrin – “Yopiq gorizontal drenajni tozalash ishlarini mexanizatsiyalash” ishlanmasi uchun “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” fakulteti, 4 – kurs talabasi Meyliqulov Saidali Toʻychi oʻgʻliga;

2-oʻrin – “Namlik va haroratni oʻlchash qurilmasi” uchun, “Gidromelioratsiya” fakulteti, 2 - kurs talabasi Karimova Durdona Fazliddin qiziga;

3-oʻrin – “Atrof muhitni asl holatida saqlab qolish, aholi turmush tarzini yaxshilash” ishlanmasi uchun, “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti, 3 - kurs talabasi Axmedov Maʼmurjon Maxmudjon oʻgʻliga hamda “Kollektor – zovur suvlaridan qayta foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ishlanmasi uchun, “Gidromelioratsiya” fakulteti, 4 - kurs talabasi Jalilov Sirojiddin Muxiddin oʻgʻliga nasib etdi.

“Yaratilgan EHM dasturi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrinni – “Mobil aloqalarda kanallarda suv sarfini hisoblash uchun dastur”i uchun, Gidromelioratsiya fakulteti 2 - kurs talabasi Manzirboyev Ulugʻbekka;

2-oʻrinni – “Nauchno-prakticheskoye predlojeniye po sozdaniyu mobilnogo prilojeniye – pod nazvaniyem “MOBIL IZMERITEL” dasturi uchun, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti, 4 - kurs talabasi, Abdullayev Otabek Zoxid oʻgʻliga;

3-oʻrinni – “Raschet kapelnogo orosheniya” dasturi uchun, “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” fakulteti 4 – kurs talabasi, Abdulxayev Eraj Abdushukur oʻgʻli ishgʻol etdi.

Tanlovning oʻtkazilishida Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Innovatsion kengashi, Innovatsion jamgʻarmasi, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi tashkilotchilik qildi. Hamkor sifatida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash boʻlimi va Axborot resurs markazini eʼtirof etish oʻrinlidir. Shu oʻrinda tashkiliy qoʻmita tarkibini keltirib oʻtish ham oʻrinlidir. Rais: - TIQXMMI rektori, i.f.d., prof. Oʻ.P.Umurzakov, rais oʻrinbosari: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor T.Z.Sultonov, aʼzolari: t.f.d. Sh.J.Imomov, t.f.d. M.R.Bakiyev, t.f.d. M.Mirsaidov, t.f.d. A.Isakov t.f.n. B.Norov, U.Qoʻziyev, t.f.n. O.Koʻcharov, t.f.n. Z.M.Muqimov, t.f.d. A.M.Fatxulloyev, t.f.d. B.B.Xasanov, t.f.n. X.I.Turkmenov, t.f.n. D.A.Xodjayev, t.f.n. S.S.Mirzayev, kotib: q.x.f.n. M.M.Sarimsaqov.

Institut ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi mutaxassisi Zarxol Choriyeva axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov