Bahorning besh kuni

“Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi  tashabbusi bilan bahor faslini ko`tarinki ruhda kutib olish maqsadida “BAHORNING BESH KUNI” festivali tashkil etildi. Festival 5 kun davomida bo`lib, unda fakultet miqyosida har kuni bahor faslini tarannum etuvchi tadbir va loyihalar bo`lib o`tmoqda. Jumladan, birinchi kun (1-mart) bahorning ilk kuni bo`lganligi munosabati bilan fakultet yoshlar ittifoqi a`zolari bilan professor-o`qituvchilarga znachoklar tarqatish ishlari olib borildi. Shu kuni katta tanaffus vaqtida fakultet yoshlar kengashi a`zolari bilan “Sen bahorni sog`inmadingmi” shiori ostida fleshmob bo`lib o`tdi. Fleshmobda “Gidromeliorasiya”  fakultet nomi ostida turli “harflar” yasaldi.

Fakultet yoshlar yetakchisi Nodir Olimjonov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov​