Ibratli umr

Hayot dovonlar osha ilgarilanma harakat. Kimlardir u dovonlardan muvaffaqiyatli oshib oʻtadi, kimdir esa yoʻq. Mashaqqatli dovonlardan oshish esa hayotiy tajriba, aql-idrok va yetuk insoniylik fazilatlarini talab etadi. Ana shu xislatlarga ega boʻlgan inson oʻzini chinakam baxtli sanaydi.

Koʻp yillardan buyon institutimizning “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan Arifjanov Aybek Muxamedjanovich 4 yanvar kuni oʻzlarining muborak 60 yoshini qarshiladilar.

Aybek Muxamedjanovich nafaqat olim, bagʻrikeng, shirinsoʻz ustoz-murabbiy hamdir. Yetakchi olim, sifatida mana koʻp yildirki, institutda faoliyat yuritadilar, ular ilmiy rahbarligida 7 nafar fan doktori yetishib chiqqan boʻlib, hozirda sohaning yetuk mutaxxassisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Ularning muallifligida 4 ta monografiya, 10 dan ortiq darslik, oʻquv qoʻllanmalari, 300 dan ortiq ilmiy ishlanmalar chop etilgan.

Respublikamizdagi kanallar va daryo oʻzanlaridagi gidravlik jarayonlar, gidrotexnik inshootlarni loyqa bosishdan himoya qilish hamda Katta Fargʻona, Katta Andijon, Qarshi, Quyi Amudaryo, Mirishkor va boshqa shu kabi kanallarda olib borgan ilmiy tadqiqotlarining natijalari suv xoʻjaligi sohasida dasturul-amal boʻlib xizmat qilmoqda. Ularning ilmiy ishlanmalari nafaqat Respublikada balki xalqaro miqyosda ham yuqori sovrinlarga loyiq koʻrilganligini alohida tahsinga loyiq. Ayniqsa “Yilning eng yaxshi oʻquv adabiyoti”, “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovlaridagi yutuqlarining oʻziyoq xalqimizning jonkuyar farzandi ekanligidan dalolatdir.

Hurmatli Aybek Muhamedjanovich !

El-yurt hurmatini meros qilib boʻlmaydi. Unga faqat umr boʻyi halol, fidokorona mehnat qilib, yonib yashagan kishilargina erishadi. Sizni mana shunday kishilar toifasidan ekanligingizdan butun jamoamiz va doʻstu-birodarlaringiz, yaqinlaringiz faxrlanadi. Sizga tangridan uzoq umr, sihat-salomatlik va mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida olib borayotgan kelajak faoliyatingizda kuch-quvvat va ulkan zafarlar tilaymiz!

Sizga samimiy hurmat va ehtirom bilan Toshkent irrigatsiya va qishoq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasi

Institut Matbuot kotibi