Yer va suv - ilm ham amal talabgori

Ilm va amalning uygʻunligi har qanday sohada ulkan yutuq va samaradorlikni taʼminlashi aniq. Xuddi shu maqsadda tuproq bilan ishlay bilish, yer bilan sirlasha olish ham katta malaka va bilimni talab etadi. Ana shu maʼnoda 2018 yil 25 dekabr kuni TIKXMMI dotsenti B. Matyaqubov va dos.v.b. K.Kamilovlar, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Shveysariya rivojlantirish va hamkorlik agentligi tomonidan tashkil qilingan “Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” doirasida Sirdaryo viloyatida 2019 yil hosili uchun sugʻoriladigan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash, shoʻrini yuvish va yerlarni meliorativ barqarorligini taʼminlash tadbirlarining bajarilishi boʻyicha Respublika koʻrgazmali seminarida maʼruza bilan qatnashishdi.

Koʻrgazmali seminarda 100dan ortiq mutaxassislar qatnashishdi, jumladan Suv xoʻjaligi vazirligi xodimlari, Respublikadagi ITXB va Meliorativ ekspeditsiya boshliqlari, kollej direktorlari, ilmiy tekshirish institutlari va TIQXMMI professor-oʻqituvchilari hamda Sirdaryo viloyatidagi Suv isteʼmolchilari uyushmasi mutaxassislari ishtirok etishdi. Koʻrgazmali seminar yuqori saviyada dala sharoitida savol-javoblarga boy ruhda oʻtkazildi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Baxtiyar Matyakubov axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov