​Mohir qo’llar

2019 - yil, 1-fevral kuni  “G” o`quv binosi 2-qavatida, “Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi hamda fakultet Xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti tomonidan  yana bir ajoyib tadbir uyushtirildi.

Fakultet yoshlar ittifoqi kengashi qoshida tashkil etilgan “Mohir qo`llar” to`garagi faol qizlari va to`garak rahbari ushbu fakultet talabasi Aziza Buriyeva, “QO`L MEHNATINI QADRLAYMIZ”  nomli savdo-yarmarkasi o`tkazdi.

Ushbu savdo yarmarkasida faol va mahoratli qizlar o`zlari yasagan taqinchoqlar va shirinliklar bilan ishtirok etishdi. Yarmarka  09:00 dan 15:00 gacha davom etdi. Savdo yarmarkasidan ko`zlangan maqsad, yarmarkadan tushgan pul  mablag`lari mehribonlik uylariga xayriya sifatida ishlatiladi. Savdo yarmarkasida boshqa fakultet talabalari ham ishtirok etishdi.

Fakultet yoshlar yetakchisi Nodir Olimjonov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov