Xalqaro hamkorlik - mutaxassis kadrlar tayyorlashda muvoffaqiyat garovi

2020 yilning 26 fevral kuni “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedarsida Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Suv muammolari, gidroenergetik va ekologiya instituti rahbari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, prof. Pulatov Yarash Ergashevich ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari, “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” mutaxassisligi magistrantlari va talabalar qatnashgan bu tadbirda prof. Pulatov Ya.E. “Vodosberegayuщie texnologii orosheniya i effektivnost ispolzovaniya vodы v selskom xozyaystve” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada O‘rta Osiyo, jumladan Tojikiston Respublikasida qo‘llanilayotgan suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari, iqlim o‘zgarishining Amudaryo suvi shakllanishiga ta’siri hamda daryo shakllanilishida kuzatilayotgan muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha xhzirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng qarmovli tushunchalar berdi. Shu bilan birga Amudaryo suvining shakllanishi bo‘yicha qisqa metrajli video film namoyish qilindi.

O‘tkazilgan tadbir jarayonida talabalar, magistrantlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan bir qator savollar berilib, uchrashuv muhokamaga boy, qiziqarli va yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir oxirida Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi mudiri, prof. I.A.Begmatov, prof. Ya.E.Pulatovga keng qarmovli ma’ruza va savollarga berilgan javoblar uchun ishtirokchilar nomidan minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birgalikda institut rektorning “xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish” bo‘yicha 2020 yil 25 fevraldagi 9m/o-sonli buyrug‘iga asosan, 2020 yil 26 fevraldan 29 maygacha bo‘lgan muddatda Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi bilan prof. Pulatov Ya.E. hamkorlikda  ish olib borishlari aytib o‘tildi.

TIQXMMI matbuot xizmati