G‘oliblik muborak!

Institutimiz "Gidromelioratsiya" fakulteti qoshidagi “HydroLeaders” jamoasi karantin vaqtida ham jamoaviy innovatsion ishlanmalari bilan 27.07.2020 “Uzbekistan youth against climate change” Respublika granti tanlovida ishtirok etib 74 ta turli xil jamoalar orasida faxrli 1 - o‘rin va 2000 $ AQSh dollari miqdorida pul mukofoti g‘olibi bo‘lishdi. Ilmiy raxbar “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi doktaranti dotsent Samiev Luqmon Nayimovich. Eslatib o‘tamiz HydroLeaders jamoasi 2019 yildan boshlab rektor Umurzakov O‘ktam Pardaevichning amaliy qo‘llab quvvatlashlari bilan tashkillashtirilgan va hozirgi kunda HydroLeaders jamoasi hisobida 7 taga yaqin Xalqaro va Respublika grantlari mavjud.

TIQXMMI matbuot xizmati