Ilm najotparvar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktyabrdagi 09-2520-son topshiriq xatiga asosan manfaatdor idora va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida ilm olishga bo‘lgan qiziqishni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 26 oktyabr kuni Toshkent shahrining, Shayhontoxur tumanidagi 316-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Gidromelioratsiya" fakulteti jamoasidan “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti D.Nazaraliev, dekan o‘rinbosari X.Tuychiev, “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi stajyor o‘qituvchisi J.Mirzaqobilovlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda institut tarixi, bugungi kunda ilm olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda xalqaro va respublika miqyosida erishayotgan natijalari haqida ma’lumot berib o‘tildi.
GM fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov