Ishonch mustahkamligi oila bardamligi

2018-yil 22-dekabr kuni institutning maʼnaviyat xonasida (“Gidromelioratsiya” fakultetining talaba qizlari) “Oiladagi ajrimlarning oldini olish” mavzusida umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Ushbu yigʻilishda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani FHDYO boʻlimining katta inspektori G. Yuldasheva qatnashib, talaba qizlarga oiladagi ajrimlarning oldini olish boʻyicha maʼruza qildi. Undan tashqari “Oila Kodeksi” toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtdi. Talaba qizlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga yetarli darajada javoblar olishdi.

 

 

Institut xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z. Xafizova axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov