TEATR BU IBRATXONADIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizdagi barcha teatrlarda 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” o‘tkazildi. Bu haftalik doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etishdi. 

Jumladan, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev rahbarligida "Gidromelioratsiya" fakulteti 2-kurs 202-guruh talabalari O‘zbekiston Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurishdi.  Teatrda dramaturg Erkin Хushvaqtov asari asosida sahnalashtirilgan “Andishali kelinchak” spektakli namoyish etildi. Talabalar spektaklni zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishdi. Bu tashrif talabalarda katta taassurotlar uyg‘otdi, mushohadaga chorladi. Bu taassurotlar ularni teatrga bo‘lgan mehrlarini yanada yuksaltirgan bo‘lsa ajab emas.

Dotsent Adham Mamataliyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov