"TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakultetida tashkil etilgan "Is gazi" tadbiri

       2022 yil 24 noyabr kuni "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti ijarada yashovchi  talabalari uchun "Is gazidan zaharlanish va uning oqibatlari" mavzusida  Mirzo Ulug'bek tumani favqulotda vaziyatlar bo'limi hodimi Ikromov Xurshid Ikromovich, Yunusobod  tumani favqulotda vaziyatlar bo'limi hodimlari Yangiboyev Xurshidbek Nurmuxammad o'g'li va Butunboyev Bekmurod universitetimizga biriktirilgan ichki ishlar hodimi Ubaydullayev Abzal Risqiyevich, Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hodimi Haydarov Zuhriddin hamda fakultet dekani Fatxullayev Alisher Mirzatillayevichlar ishtirokida tadbir tashkil etildi...
         Tadbirga taklif etilgan mehmonlar tomonidan talabalarga "Is gazidan zaharlanish" yuzasidan tushunchalar berilib, is gazi videoro'ligi namoyish etildi. Tadbir savol-javoblarga boy qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.