O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidentini Islom Аbdugʼanievich Karimovni hotirlab...
O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidentini Islom Karimovni hotirlab "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutiri D.Axrorova va 2 kurs 207-guruh talabalari uning haykali poyiga gul qo'yib, u kishining tug'ilgan kunlari munosabati bilan, vatanimizning mustaqil bo'lishida dadil qo'yilgan ilk qadamning natijasi va u kishi prezidentlik davrida amalga oshirgan ishlari hotirlandi.
Agar u kishi hayot bo'lganda bugun 85 yoshni qarshilagan bo'lardilar. Islom Аbdugʼanievich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Uning oilasida har kungi ogʼir mehnat yashash uchun pul topishning yagona usuli edi.
Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi А.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga oʼqishga kirib, uni oltin medalь bilan tamomladi. Oʼquvchilik yillari mobaynida koʼp adabiyotlarni, ayniqsa, tarix boʼyicha adabiyotlarni oʼqidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.
1955 yilda Islom Аbdugʼanievich Oʼrta Osiyo politexnika institutiga oʼqishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi boʼyicha diplom olib, “Toshselьmash” zavodida oʼz mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi. Bu zavod qishloq xoʼjaligi texnikasining har xil turlarini, shu jumladan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarardi. Ular Oʼzbekiston va boshqa respublikalar dehqonlarining mehnatini yengillashtirardi, shuningdek, boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Islom Аbdugʼanievich uchun bularning barchasini vujudida his qilish, ishlab chiqarishda tajriba orttirish, zavod hayotining “murakkab” va “ijobiy” tomonlarini koʼrish muhim edi.
Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'ycheev