“Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusidagi tadbir...
"Gidromelioratsiya" fakulteti tomonidan 2022 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi konistituttsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida “TIQXMMI” MTU “Maʼdaniyat saroyi” katta zalida tadbir bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirda mehmon sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi, birinchi malaka darajali sudya, yuridik fanlari nomzodi Raxmanov Akmal Ergashevich, O‘zbekiston milliy tiklanish partiyasi, Toshkent shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Jiyanbaev Otabek Eshdavlatovich, O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi na’munaviy harbiy arkestri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansanbili, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 49-sonli umumta’lim maktabi “Nozanin” raqs dastasi ishtirok etishdi.
- photo_2022-12-19_17-43-03.jpg ( 0.15mb )