"Gidromelioratsiya" fakultetida 2022 yilning 7 noyabr kuni "Yoshlar ittifoqi" yetakchisi saylovi o'tkazildi...

    O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2017 yil 22 avgustdagi Oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 10-qq-son qaror Nizomiga ko‘ra "Gidromelioratsiya" fakultetida Yoshlar yetakchisini saylovi o'tkazildi. 
        Fakultet  Yoshlar yetakchisi lavozimiga "Daryo va suv omborlari gidrologiyasi" yo‘nalishi 310 guruh talabasi Qo'ldoshev Rustambek Komilovich, "Suv ta’minoti muhandistlik tizimlari" yo‘nalishi 205-guruh talabalari Boliyeva ijobat Anvar qizi hamda Mamarajabov Sultonbek Alisher o‘g‘li o'z nomzodlarini ko'rsatishgan edi.
  Saylov natijasiga ko'ra ko'rsatilgan nomzodlardan "Daryo va suv omborlari gidrologiyasi" yo‘nalishi 310 guruh talabasi Qo'ldoshev Rustambek Komilovich eng ko'p ovoz olib, fakultet  Yoshlar yetakchisi lavozimiga saylandi.

  

                                                 Fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovuni B.To'ychiev