Gidromelioratsiya fakulteti talabalari Adiblar xiyobonidagi O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning haykali atrofida ...

TIQXMMI” MTU rektorining 2023 yil 21 fevraldagi tasdiqlangan grafigiga asosan 2023 yil 24 fevral kuni Adiblar xiyobonidagi O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning haykali atrofida zamonaviy oʼzbek adabiyotining zabardast namoyandasi, atoqli adabiyotshunos, tarjimon va publitsist, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʼafurov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Ma’mura Zoxidova, Muhiddin Abdusamat, Muhammadsidiq Rahmatov universitetimiz fizika va kimyo kafedrasi dotsenti Ахмеdov Аbdumirxakim Мirxalilovich “Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.To‘ychiev, fakultet tyutirlari hamda 80 nafar talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

     O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʼafurov xalq shoiri Abdulla Oripovning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi, uning vatanparvarligi, oliyjanobligi, mexribonligi hamda shoirning chiqargan sheriy to‘plamlari to’g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga so‘zlab berdi.

     So‘ngra so‘zga O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ma’mura Zoxidova chiqib Abdulla Oripovning sherlaridan qatnashchilariga o‘qib berdi.

    Fizika va kimyo kafedrasi dotsenti Ахмеdov Аbdumirxakim Мirxalilovich shoir yozgan sherlaridan birini kuyda ijro etib tadbirni yanada mazmunli o‘tishini ta’minladi.

     Bir nechta shoir sherlaridan yod olgan talabalar tadbir ishtirokchilariga sherlarni yoddan o‘qib berib, shoirning naqadar sermazmun ijodkor ekanligi haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Yoshlar bilan ishlash bo'yich dekan o'rinbosari B.To'ychiev.