YOSHLAR ITTIFOQI faollari 8-mart-xalqaro-xotin-qizlar-kunini-munosib-nishonlash

     “TIQXMMI” MTU rektorining 2023 yil 24 fevraldagi 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni munosib nishonlash yuzasidan tashkil etilgan chora tadbirlar rejasiga muvofiq joriy yilning 4 mart kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti dekanati tomonidan fakultetdagi talaba qizlar 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan tabriklangan bo‘lsa, 6 mart kuni fakultet dekanatidagi xotin-qizlar, 7 mart kuni ertalab soat 8:00 dan G-bino kirish qismida fakultet dekani boshchiligidagi erkaklar jamoasi, fakultet yoshlar etakchisi va faol talabalardan iborat jamoa bilan birgalikda fakultetdagi barcha ayol professor-o‘qituvchilar va talaba qizlar gullar va esdalik sovg‘alar bilan kutib olindi va bayrm bilan qizg‘in tabriklandi hamda ularga “TIQXMMI” MTU rektori tomonidan berilgan bayram tabrigi otkiritkalari taqdim etildi.

     Bir so‘z bilan aytganda fakultet jamoasi 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni”ni munosib nishonlashga jiddiy e’tibor qaratib, fakultetdagi barcha xotin-qizlarga bayram shukuhini ulashuvchi kaffiyat taqdim eta olishganini fakultetdagi xotin-qizlar aks etgan fototasvirlardan ham sezish mumkin.

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'yechiev