"IQ-SHOU" tanlovi GM talabalari bilan

Ilm quvvati uning insoniyat tomonidan egallanishi va amaliyotga tatbiq etilishidir. Kengqamrovli bilimga ega bo‘lish turli soha va mavzularga oid bilimlarni o‘zlashtirishdir. Ilm nuri jaholatga qarshi ma'rifat yarog‘idir. To‘g‘ri bilim, uydirmadan xoli bo‘lgan aniq ma'lumot kishini adashtirmaydi, gumrohlik girdobiga tushishdan asraydi. Shuning uchun ham intellektual salohiyatga ega bo'lish imkoniyatlar eshigini keng ochadi.

Joriy yilning 9-noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti Yoshlar ittioqi tomonidan talabalar ortasida “IQ-SHOU” intellektual bellashuvlarining FINAL bosqichi otkazildi. Intellektual musobaqa Axborot resurslari markazida tashkil etildi. Intellektuall bellashuvlarda quyidagi jamoalar ishtirok etishdi.

Avvalgi bellashuvlar natijasiga kora quyidagi jamoalar yuqori ball toplab final bosqichiga yollanma olishgandi.

1. Bilimdonlar-1

2. Everest-1

3. Future milliners

4. Creative

5. Yangi yulduzlar

6. Samo

7. Diamonds

8. Kelajagi buyuklar

9. White star

Final bosqichi qiziqarli tarzda bolib otdi va yuqori ball toplagan SAMO jamoasi I-orinni egalladi.

II-orinni: 1. Everest-1

2. Future milliners

3. Creative

4. "Kelajagi buyuklar" egallashdi.

  III-orinni "White star" jamoasi egalladi.

Musobaqa jarayonida quyidagi savollar o‘yinga kiritildi.

1) Amerikada shunday bir ibora bor: AQSHda yashasangiz olimdan va undan qocha olmaysiz. Savol: undan deganda nima nazarda tutilgan? Javob: Soliq. AQShda soliqdan qarzingiz bolsa, yashab turgan uyingiz ham garovga olib qoyiladi.

2) 20-asr boshlaridagi bir asar qahramoni bizning hozirgi olchovimizga kora 33 kg  400 gramm olma evaziga ishga yollanadi. Savol: bizga bu asar nomini emas, balki asar qahramonini nomini ayting. Javob: Qoravoy.

3) Charli Chaplinning aytishicha, komediya kino olish uchun unga 4 ta narsa yetarli bo‘larkan: Bittasi chiroyli qiz, ozi, park va ahmoq qilish uchun u kerak. Savol u kim? Javob: Politsiya xodimi.

4) Dekan sozi dastlab Rimda paydo bolgan va u harbiy unvon uchun ishlatilgan . Savol: Dekan sozi qanday harbiy unvon uchun ishlatilgan? Javob: Onboshi.

5) Ota - bobolarimizdan qolgan bir gap bor. Agar biror uydan otsangiz, u uyni kochasi toza va chiroyli bolsa u uyda kelin bor. Agar biror boshqa uydan otsangiz u uyni kochasi supurilmagan va yomon ahvolda bolsa demak, u uyda ……… kelin bor . Savol nuqtalar ornida qanday soz bor? Javob: ikkita

6) Afinadagi Olimpiayada Nuriya Domintes ismli sportchi finish chizig‘ini kesib o‘tayotgan vaqtda uning barcha raqiblari orqada edi. Shunga qaramay, Nuriya Domintes songi orinni egallagan. Nuriya Domintes qanday sport turida  olimpiyadada qatnashgan? Javob: Akademik eshkak eshish.

7) 20 asrning 80-yillarida bir juda boy odam olamdan otadi. U oz boyligining yarmini merosxor  ogliga qolgan yarim esa ozi bilan birga dafn etilishini vasiyat qilib qoldiradi. Uning ogli uning vasiyatini yuridik tomondan toliq bajaradi va merosning hammasiga ega chiqadi. Qanday qilib merosxor ogìl merosning hammasiga ega chiqqan? Javob: Merosxor  ogìl yarim boyligiga teng chek yozib dafn qilgan. Chekdan hech kim foydalana olmaydi va qolgan boylik ham o‘ziga qoladi.

8) Bu fan 17-asrgacha Natural falsafa deb yuritilgan. Natural sozining manosi hayotda ishlatiluvchi bolsa, bu qaysi fan? Javob: Fizika.

9) Mashinalar paydo bolgunicha, uzoq masofalarga borishda ot aravalardan foydalanilgan. Ot aravada yurishda ikki xil toifada narxlar bolgan biri arzon, ikkinchisi qimmat. Agar siz ot aravaning arzonroq joyida otirsangiz yolda bir ish qilishingizga togri keladi. Savol: U qanday ish? Javob: Agar ot arava yo'lda botqoqqa botib qolsa, uni botqoqdan chiqarib yuborishga qarashib yuborishingiz kerak. Koproq pul tolagan odamda bunday majburiyat bolmagan.

10) Lev Tolstoy buyuk yozuvchi va bir sport turining ustasi bolgan. Tolstoy, hatto 70 yoshdan oshgandan song ham bu sport turida shug‘ullanishdan to`xtamagan, shuning uchun Tolstoyni bu sport "federatsiya"sining faxriy prezidenti etib saylashgan. Bu qaysi sport turi. Javob: Velosipedda uchish.

11) 15-asrda ingliz ayollarida shunday irim bolgan: agar non orqasi bilan agdarilib qolgan bolsa, uni zudlik bilan ongiga ogirib qoyish kerak. Savol bu ayollarning erlari qaysi kasb bilan shugullanganlar. Javob : Dengizchi.

12)  Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti nechanchi yilda ilk bor tashkil etilgan? Javob: 1934-yilda.

  

Fakultet yoshlar yetakchisi N Olimjonov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov