Boʻsh vaqtni mazmunli va maqsadli oʻtkazish

2022 - yil soat 22 - fevral 18:30 da 4 - sonli talabalar turar joyida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tozalik tadbirlarini tashkil etish boʻyicha 2022 - yil 11 - fevraldagi “TIQXMMI” MTU rektori B.Mirzayevning 103-farmoyishi boʻyicha “Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish" kafedrasi xodimlari ishtirokida t.f.d. dotsent B.Amanov, assistent D.Raxmonovlar talaba va ustozlar bilan birgalikda shashka va shaxmat oʻyini oʻtkazildi. Bu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirdan maqsad talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishdir. Zero, hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, “ommaviy madaniy-maʼrifiy tadbirlar” yoshlarni maʼnaviy-axloqiy, milliy-maʼnaviy ruhda tarbiyalashda katta oʻrin tutadi. Madaniy-maʼrifiy tadbirni oʻziga xos xususiyatlarini xisobga olib oʻtkazish orqali yoshlarni milliy maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy istiqlol gʻoyasini singdirish borasidagi faoliyatimizda yuqori samaradorlikka erishish mumkin.

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini  A.A. Karimov