Yutuqlar bardavomligi

Institutimiz talabalari boshqa sohalar bilan bir qatorda sportda ham salmoqli natijalrga erishib kelmoqdalar. Bu albatta, institutimiz rahbariyati, ustoz- murabbiylar tomonidan talabalar bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari va mazmunli o‘tkazishlariga qaratilgan katta e’tiborining samarasi deyish mumkin.

Joriy yilning 11-15 mart kunlari Farg‘ona viloyatida “MUAYTAY” bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs 202-guruh talabasi Tursunov Hojimurod 71 kg vazn toifasida faxrli II o‘rinni egalladi va O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining II darajali diplomini qo‘lga kiritdi.

Tursunov H. bunga qadar 2018 - yilning 19-23 dekabr kunlari Namangan shahrida “MUAYTAY” bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida ham II o‘rinni egallagan edi. Tursunov Hojimurodning kelgusida jahon va olimpia chempionlari bo‘lishini kutib qolamiz va kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Dotsent Adham Mamataliyev axboroti

Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov