Suv omboridan foydalanish boshqarmasiga tashrif

Oliy ta’lim sohasida zamonaviy sharoitlarda o‘quv tanishuv amaliyotini o‘tash jarayonini takomillashtirish maqsadida, ilg‘or surilgan uslub va shakllarni egallagan, mustaqil fikrlaydigan, yuqori bilimli, malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish doirasida, 2018-2019 o‘quv yili bo‘yicha TIQXMMI “Gidromelioratsiya”  fakulteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi  mudiri dos. D.V.Nazaraliev, dos. F.A. Gapparov va ass. G.U. Jumabaevalar rahbarligida Gidrologiya (suv omborlarida) yo‘nalishi 3 - bosqich 15 – guruh talabalarining ishlab chiqarish sohalari bilan tanishtirish maqsadida 4 aprel kuni Toshkent viloyatidagi Toshkent suv omboriga olib borish tashkil etildi.

“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri D.V. Nazaraliev, o‘quv tanishuv amaliyotiga mas’ul F.A. Gapparov, G.U. Jumabaevalar hamda   “Gidromelioratsiya” fakulteti Gidrologiya ( suv omborlarida) yo‘nalishi3-bosqich 15 guruxida tahsil olayotgan 26 nafar  talabalar Toshkent viloyati Toshkent suv ombori  bosh muhandisi M.Tojiboev tomonidan kutib olindi.

Tashrif davomida Toshkent suv ombori bosh muhandisi M. Tojiboev suv omborini hududi bo‘ylab, tushuntirish ishlari olib bordi.  Navbatchi nazoratchi M. To‘ychieva suv omborining dispetcherlik xizmatini ishlash sxemasi  bilan tanishtirdi. Tuyabo‘g‘iz GESi qurilishining texnik xodimi  B. Asadov GES qurilish ishlarini imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov