Orol dengizi - ekologik halokat dalolati
Tabiat ofatlari, jamiyat talofatlari insoniyatning bilib-bilmasdan yo‘l qo‘ygan xatolariga javob deyish mumkin. Orol dengizi ham ana shu xatolarning in’ikosidir. Bu masalalarning ilmiy asosda o‘rganish davr talabi.
2018 yil 3 noyabr kuni 3-TTJ da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Kasimbetova S.A., ass. Axmedjanova G.T., ass. Yulchiyev D.G., va ass. Malikov E. tomonidan mintaqamizdagi eng dahshatli ekologik halokatlardan biri bo‘lgan “Orol dengizining qurishi - inson faoliyati bilan kelib chiqqan ekologik halokatining saboqlari” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Orol dengizi haqida asosiy faktlar va halokatning asosiy omillari, halokat oqibatlari hamda ularni salbiy oqibatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdimoti va video lavhalar orqali talabalarga tushuntirildi. Tadbir juda qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi assistenti D.Yulchiyevning axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov