Intellektual koeffitsient uchun

Insonning intellektual darajasi yuksak bo‘lsa, uning fanlarni o‘zlashtirishi, turli sohaga oid bilimlarni egallashi ham oson kechadi. Kengqamrovli bilim, topqirlik, tezfahmlik, mantiqiy mushohada va mulohazakorlik intellektual ko‘ngilochar o‘yinlarning tub mohiyatini tashkil etadi.

Institutimiz kutubxonasida, Axborot resurslari markazida joriy yilning 1-noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti Yoshlar ittifoqi tomonidan talabalar o‘rtasida “IQ-SHOU” nomli intellektual musobaqaning saralash bosqichi o‘tkazildi.

 Intellektual musobaqada quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.

  1. Innovatorlar
  2. Bilimdonlar-I
  3. Target
  4. Yoshbilimdonlar
  5. Everest-I
  6. Future milliners
  7. Positive
  8. Yangiyulduzlar
  9. Irrigator
  10. Fales
  11. Leader
  12. Intellekt-II
  13. Iqtidor
  14. Samo
  15. Rezonans
  16. Creative

Musobaqa natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar yuqori ball to‘plashdi va final bosqichiga yo‘llanma olishdi.

  1. Bilimdonlar-1
  2. Everest-1
  3. Future milliners
  4. Creative
  5. Yangiyulduzlar
  6. Samo

Guruhlar ishtirokchilari quyidagi savollarga javob berishdi. Siz ham shu savollarga to‘g‘ri javob topsangiz, institut matbuot kotibiga uchrashing. Barcha savollarga to‘g‘ri javob topgan g‘oliblar rag‘batlantiriladi. Savollarni e’lon qilamiz.

  1. ”Trud” gazetasida “Shlyapangizni yeching, xonimlar” nomli maqola e’lon qilinib, unda ayollardan u ishdan oldin dori iste’mol qilmaslik, teleserial ko’rmaslik, keng shlyapa kiymaslik, oyoq kiyimga ham e’tibor qaratish kerakligi so’raladi. Savol: qanday ish qilishdan oldin bunday cheklovlar joriy qilinadi?
  2. Bir kishining 3 ta o`g’li bor ekan. 3 o’g’liga meros qilib tuyalar podasini qoldiribdi. U shunday meros qilibdiki katta o’g’liga tuyalar podasining yarim qismi, o’rtancha o’g’liga tuyalar podasining 1/3 qismi, kenja o’g’liga 1/9 qismini bo’lib olishlar kerak bulgan. Podada 17 ta tuya bulgan lekin o’g’illari 17 ta tuyani na ikkiga na uchga  va to`qqizga bo`la olishgan. Ular dono kishini topib undan meros bo`yicha tuyalarni taqsimlashini so’rashgan. Savol: dono kishi merosni qanday taqsimlagan?
  3. Umarshayx mirzoning  podsholik davrida musavvirlar uchun bir narsa qattiq ta’qiqlangan, buyruqni bajarmagan musavvir qattiq jazolangan. Savol: u qanday ish?
  4. Germaniya -32, Rossiya-44, Polsha -84, fransiya -87,amerika -95 o’rinda. Savol: birinchi o’rinda nima turibdi?
  5. Ukraina xalq topishmog’i - Bu qanday “hayvon”, qishda ovqat yeb yozda uxlaydi, garchi qoni bo`lmasada, badani issiq-huzurbaxsh, issiq, uning yonida bir zum o`tirgan kishi undan turib ketolmas. Savol: topishmoqning javobini toping?
  6. Shaytonning hujjati nega sen

           Bir umr mendan o`zingni olib qochding.

           Nega meni bir umr azoblading,

           Ming la’nat, senga ming la’nat.

Savol: Shoir Robert Berns she`rda qanday qog`ozga ta’rif bergan?

  1. Tarixchilarning yozishicha Rimdan so`ng ular Praga shahri ko`chalarida qurilgan. Ularni qorovullar qo`riqlashadi. Uni qurdirgan imperator Rudolf “Shaharning yuzi” deb aytadi.  Savol: Imperator nimani shahar yuzi deb aytgan?
  2. Amir Temur jang oldidan jangchilariga osh berishni odat qilgan. Suvorov esa jangchilarga qulay bo`lgan bu taomni joriy qilgan. Savol: Suvorovning yangiligi nima edi?
  3. Plastik jarrohlarni fikricha, inson terisini qaritadigan vositalardan birinchisi tamaki ekan. Savol: Ikkinchi omil nima?
  4. Uni ilk bor qaysi xalq o`ylab topgan degan jumboqqa quyidagi xalqlar da’vogarlik qilishadi. Yunonliklar va rimliklar, misrliklar va eronliklar, hindistonlilar, hatto Skif xalqlari ham u aqlli o`yinga da’vogarlik qilishadi. Savol: U qaysi o`yin? 
  5. O`zbekistonda shunday bir daraxt bor, erta bahorda gullaydi ammo meva bermaydi. Shuning uchun ham farg`onaliklar uni va’daboz deb atashadi. Savol: Bu ta’rif  qaysi daraxtga berilgan?
  6. Rus komediyalaridan birida 990 raqami bu komediyani sal bo`lmasa fojiaga aylantiray degan. Aynan qarama-qarshilik ham shu 990 raqami bilan bo`g`liq.

Savol: Gap qaysi rus komediyasi haqida ketayapdi?

  1. Bu aktyor XX asrdagi eng beg`am ota rolini ijro etib, kino tariximizdan joy olgan. Savol: bu qaysi O`zbek  aktyor ekanligi emas bu aktyor qaysi kinoda o`ynaganini ayting?
  2. Vilyam Shekspir “Globus teatrida” ishlab yurgan chog`ida, har bir obraz uchun kostyum rekvizetlarni yasagan bir marta u kichkina yostiqchaga o`xshash narsa yasatib, undan “Richerd III” spektaklida foydalangan. Savol: Yostiqchadan nima sifatda foydalanilgan?

Javoblaringizni kutamiz!

 

“Gidromelioratsiya”  fakulteti yetakchisi Nodir Olimjonov axboroti

 Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov